Kontent qismiga oʻtish

Niyoz Kelginboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Niyoz Sulaymonovich Kelginboyev (1914-yil, 23-fevral, Andijon. 1978-yil,1-dekabr, Toshkent) – terapevt, 1965-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, 1936-yilda tibbiyot fanlari doktori, 1967-yilda professor kabi unvonlarga sazovor boʻlgan. 1935-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan. 1936-1939-yillarda Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti terapiya kafedrasida intern-vrach lavozimida oʻz faoliyatini olib borgan. 1939-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi patofiziologiya kafedrasida assistent, 1940-1945-yillarda harbiy qismlarda vrach, 1945-1950-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi gospital terapiya kafedrasida assistent, hamda 1950-1958-yillarda dotsent lavozimida faoliyat olib borgan. 1959-1967-yillarda Oʻlka meditsinasi ilmiy tadqiqot institutida farmakoterapiya laboratoriyasida, 1967-yildan boʻlimi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. Ilmiy ishlari farmakologiyaga oid. Kimyogar, botanik va farmakologlar bilan hamkorlikda strofantinni topib, klinikaga joriy etgan. Yurak kasalliklarini glikozidlar bilan davolash ustida tadqiqot olib borgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil