Niyoziy Muhammad Niyoz Abdulgʻofurbek
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Niyoziy Muhammad Niyoz Abdulgʻofurbek (19-asr) — uygʻur tarixchisi, shoir, tarjimon va xattot. 1851-yil umumiy tarixga bagʻishlangan "Qisas ul-gʻaroyib" asarini turkiy tilda yozgan. Asar muqaddima, xotima va 3 qismdan iborat. Asarning 1-qismida Chingizxon davrigacha boʻlgan voqealar bayoni; 2-qismida Chingizxon va uning avlodlari, Humoyungacha boʻlgan boburiylar tarixi bayoni; 3-qismda dastlabki 2 qismda zikr qilingan muhim voqealar tafsiloti yoritilgan. Asarga muallifning sheʼrlari ham kiritilgan. Shar-qiy Turkistonda koʻchirilgan bir nus-xasi Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining SanktPeterburg boʻlimida saqlanmoqda (inv. № 106). N. Mirza Muhammad Haydarning "Tarixi Rashi-diy" asarini forschadan uygʻurchaga tarjima qilgan (1837). Tarjimaga nasriy, sheʼriy bosh soʻz va xotima kiritilgan. Tarjimaning muallif qoʻlyozmalari Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg boʻlimida saqlanmoqda (inv. № 120, №121, №192). N. fors tilidan koʻpgina sheʼrlarni uygʻur ti-liga tarjima qilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |