Kontent qismiga oʻtish

Nizomshohlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nizomshohlar - Shim.-Gʻarbiy Dekandagi Ahmadnagar davlatini boshqargan sultonlar sulolasi (1490—1633). Asoschisi — Malik Ahmad Bahriy, bahmaniylar lashkarboshisi. U oʻzini mustaqil deb eʼlon qilib nizomshoh unvonini qabul qilgan. Burhon 1 (1509— 53) davrida N. nihoyatda kuchaygan, boburiylar bilan kurash olib borganlar. Akbar N.dan Berar viloyatini tortib olgan. 1633-yil soʻnggi nizomshoh Husayn-shoh III (1630—33) boburiylarga asir tushgan va ular 1636-yil Ahmadnagarni oʻz davlatlariga qoʻshib olganlar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil