Noʻmon Boʻrixoʻjayev
Naman Boʻrixoʻjayev | |
---|---|
O‘zbekiston SSR prokurori- | |
Mansab davri 1972 – 1984-yillarda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1927-yil |
Vafoti | Aniq emas |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Naman Boʻrixoʻjayev — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻrixoʻjayev Naman 1927-yilda tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Boʻrixoʻjayev 1944-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1944-1985-yillarda Toshkent viloyati,,Dalvarzin-1" sovxozi klubida kinomexanik yordamchisi, kinomexanik mutaxassis, Orjonikidzev tumani prokuraturasi tergovchisi, Oʻzbekiston SSR prokuraturasi apparati xodimi, boʻlim prokurori, boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi, respublika prokurori oʻrinbosari vazifalarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Boʻrixoʻjayev Naman Oʻzbekiston SSR Adliya vazirligi sud hokimiyati boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR adliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR prokurori, Oʻzbekiston SSR adliya vaziri lavozimlarida ham ishlagan.
Naman Boʻrixoʻjayev Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10- va 11-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
Davlat va siyosat arbobi Boʻrixoʻjayev Oʻzbekistonda istiqomat qilgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari: Oʻninchi chaqiriq. (Qisqacha biografik maʼlumot). — T.: Oʻzbekiston, 1981. — S. 282
- GA RF R7523 105 153 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 30-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilingan Farmonlari va Farmonlari va ularga materiallar / 14-sonli bayonnomaga / No 2079-VIII dan 2089-songacha. VIII. 8-jild