Kontent qismiga oʻtish

Nobellar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nobellar — shved ixtirochilari va sanoatchilari. E m Manuel Nobel (1801.24.3 - 1872.3.9) - suv osti minalari ixtirochisi. 1842—59 yillarda Peterburg (Rossiya)da yashagan, u yerda mexanika zavodiga asos solgan. Alfred Bernhard Nobel (1833. 21.10 — 1896.10.12) — dinamit ixtirochisi. Em Manuel Nobelning oʻgʻli. 1867-yilda dinamit tayyorlashga An-gliyadan patent olgan. Dinamit ishlab chiqaradigan korxona egasi. Koʻp mamlakatlarda dinamit ishlab chiqarish fabrikalari qurgan. London Qirollik jamiyati va Shvetsiya Fanlar akademiyasi aʼzosi. Nobel mukofotlari taʼsis qilish haqida vasiyat qilgan. Lyudvig Nobel (1831.27.7 - 1888.12.4) - korxona egasi, stanoklar konstruktori. Emmanuel N.ning oʻgʻli. Peterburgdagi otasi asos solgan korxonani "Lyudvig Nobel" nomli yirik mashinasozlik zavodiga aylantirgan. 1871-yil aka-ukalari Robert va Alfredlar bilan birgalikda Boku (Ozarbayjon) da neft sanoati korxonasi (1879-yildan "Aka-uka Nobellar hamkor-ligi")ga asos solgan. Emmanuel Nobel (1859.22.6 - 1932.31.5) - Lyudvig N.ning oʻgʻli. Peterburgda "Aka-uka Nobellar hamkorligi"ni, "Lyudvig Nobel" jamiyati va boshqa korxonalarni boshqargan (1888—1917).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil