Nodar Bandzeladze
Qiyofa
Nodar Ambrosyevich Bandzeladze (1937.10.11, Gruziya — 2000) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1987). Tbilisi Badiiyot akadimyasi da taʼlim olgan (1958—63). 1963-yildan Samarqandda. Ijodini metallga zarb berib, boʻrtma tasvirlar ishlash bilan boshlagan ("Samarqandlik rassom ayol", 1964), gips, toshdan haykallar ham ishlagan: "Nasriddinni tinglamoqdalar" (babbit, 1975); "Suv keddi" (gips), "Onalik" (tosh), "Uyqudagi bola" (tosh) — hammasi 1980; xirurg, professor Zokirov portreta (bronza, 1980), "Egizaklar" (tosh, 1983), "Mirsharapov ot ustida" (mis, 1984), "Motam" (tosh, 1984) va boshqa Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |