Nodar Dumbadze
Dumbadze Nodar Vladimirovich (1928.14.7 - Tbilisi - 1984.5.3) — gruzin yozuvchisi. Ilk hikoyalar toʻpla-mi — „Qishloq bolalari“ (1958). Dastlabki yirik asarlari — „Men, buvim, Iliko va Illarion“ (1960) qissasi va „Quyoshni koʻryapman“ (1962) romanida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlarining ogʻir hayoti aks etgan. „Quyosh kechasi“ (1967), „Oq bayroqlar“ (1972) romanlarida zamonaviy muhim ijtimoiyaxloqiy masalalar koʻtarilgan. „Abadiyat qonuni„ (1978)da insonning jamiyatdagi oʻrni, yashashning maʼnosi mavjud hayotiy lavhalar, shaxslar orqali aks ettirilgan. D. asarlari chuqur lirizm bilan sugʻorilgan, ularda dramatizm yumor bilan uygʻunlashib ketgan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Quyoshni koʻryapman", 1969; "Qoʻrqmang onaginam", 1982; "Abadiyat qonuni", 1983 va b.). "Abadiyat qonuni" asari asosida oʻzbek tilida telespektakl yaratilgan (1985).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |