Kontent qismiga oʻtish

Nodir Abdulahad

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nodirov Abdulahad — 1875-yili tug‘ilgan, Poyariq rayoni Burkut qishloq soveti Turkpoyon qishlog‘idan, o‘zbek, 1933-yili quloqqa tortilgan. Hibsga olingunga qadar ruhoniy, imom, 10 yil mehnat tuzatuv lageriga hukm etilgan, jazo muddati 1937-yil 17-avgustdan hisoblangan. Doimiy ravishda aksilinqilobiy, ig‘vogarlik, mag‘lubiyatchi targ‘ibot olib borganlikda, qamoqqa olingan troskiychilarni chet el davlatlarining qo‘llab quvvatlashi tufayli otib yubora olmaydilar hamda ichki qo‘zg‘olondan xavfsiraydilar, Germaniya, Yaponiya va Italiya birgalikda Troskiy bilan sovet hokimiyatining katta hududini egallab oladilar va tez orada sovet hokimiyati halok bo‘ladi deb aytganlikda ayblanib 10 yil qamoq jazosiga hukm etilgan.[1][2]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari. ISBN 978-9943-00-240-1. 
  2. Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.