Nodirjon Mirzaahmedov
Nodirjon Mirzaahmedov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
3-iyun 1994-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Boks |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osiyo chempionati | ||
Oltin | Bangkok 2019 | 49kg gacha |
Oltin | Dubay 2021 | 49kg gacha |
Nodirjon Mirzaahmedov (1994-yil 3-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek bokschisi, yengil vazn toifasida ringga koʻtariladi. Havaskorlar oʻrtasida ikki karra Osiyo chempioni (2019, 2021).
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nodirjon Mirzaahmedov 1994-yil 3-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. U sportchi oiladan chiqqan, otasi va akasi ham boks bilan shugʻullanishgan. Boʻlajak bokschi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan[1].
Nodirjon yoshligidan Toshkent shahar Uchtepa hokimligi qoshidagi sport zalida murabbiy Renat Muxamedjanovich Yusupov qoʻl ostida boks bilan shugʻullana boshlagan. 2013-yilda u havaskor boksdagi faoliyatini boshlagan[2]. 2015-yilda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida finalda Hasanboy Doʻsmatovga magʻlub boʻlib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[3].
2018-yilda Oʻzbekiston chempionatida 52 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 2019-yilda boks boʻyicha Osiyo chempionatining 49 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi finalida u hindistonlik bokschi Dipak Singxni magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Uchtepa tuman hokimligi, Uchtepa tuman hokimligi. „Ловкость, упорство, воля к победе“ (ru). Teletype (2019-yil 2-avgust). Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „BoxRec: Nodirjon Mirzakhmedov“. boxrec.com. 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
- ↑ „Uzbekistan National Boxing Championships“ (en-US). ASBCNEWS. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.