Noel Sanvisente

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Noel Sanvisente Betelmi (ispancha: Noel Sanvicente Bethelmy; 1964-yil 21-dekabr, Syudad Guayana, Venesuela) — venesuelalik futbolchi va futbol murabbiyi. U hujumchi sifatida Venesuela milliy terma jamoasi tarkibida toʻp surgan. U faoliyati davomida ikki xil jamoa bilan sakkizta chempionlik va bir kubokni qo‘lga kiritgan mamlakat tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy hisoblanadi.

Futbolchi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi faoliyati davomida Sanvisente Mineros Guayana (1980–1986), Maritimo (Karakas) (1986–1993) (ushbu jamoa bilan 4 marta milliy chempionatda g‘olib boʻlgan), Minervene Bolivar (1994–1996) (ushbu jamoa bilan 2 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan) klublarida o‘ynagan. 1996-yilda tizzasidan olgan jarohati[1][2] tufayli Karakasdagi faoliyatini yakunlaydi.

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro miqyosda Sanvisente Venesuela terma jamoasi safida 10 marta gol urgan. Uning milliy terma jamoasidagi faoliyati 1989-yil 3-iyulda 1989-yil oʻtkazilgan Amerika Kubogining birinchi bosqichida Kolumbiyaga qarshi oʻyinda boshlangan. Sanvisente ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushganidan keyin 36 daqiqa oʻynaydi. U ushbu Amerika kubogida 3 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlib, oʻyinlardan birida u asosiy tarkibda maydonga tushadi[1][3].

Murabbiylik karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Karakas"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanvisente murabbiylik faoliyatini 2002-yilda 2001/2002-yilgi mavsum yakunlanishiga 4 ta oʻyinqolganda Karakasda boshlagan. U 2002/03, 2003/04, 2005/06, 2006/07 va 2008/09 mavsumlarida besh marta chempionlikni qoʻlga kiritgan Karakas tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy hisoblanadi. Shuningdek, u 2009-yilda Janubiy Amerikaning eng nufuzli klublar oʻrtasidagi musobaqasi boʻlmish - Libertadores kubogida jamoasi bilan ishtirok etib Karakasni eng yaxshi oʻringa olib chiqadi, u yerda jamoa chorak finalga chiqadi. 2009-yilda u jamoasi bilan Venesuela kubogini ham qoʻlga kiritadi[1]. 2010-yilda u jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli isteʻfoga chiqadi.

"La Guaira"[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010/11-yilgi mavsumda Sanvisente "Real ESPPOR"ni boshqaradi. Uning yangi klubiga 2010-yilda Klausura chempionati chempioni boʻlish uchun bir ochko yetmay qoladi va turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallaydi. Ammo keyingi mavsumda klub rahbariyati bilan bogʻliq muammolar bilan bogʻliq bir qator yomon natijalar tufayli u 2011-yilning 2-dekabrida isteʻfoga chiqishga qaror qiladi.

"Zamora"[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012/13-yilgi mavsumda Sanvisentega "Deportivo Tachira"ni boshqarish taklif qilingandi, ammo klub va "Karakas"ning sobiq jamoasi oʻrtasidagi raqobat tufayli u rad javobini beradi. Natijada, u FC Zamora[4] bilan shartnoma imzolaydi, bu jamoa matbuot tomonidan oʻsha mavsumda gʻalaba qozonishga qodir emas deya baholanadi. Ammo, barcha qiyinchiliklarga qaramay, jamoa "Deportivo Anzoategi" ni magʻlub etadi va chempionlikni qoʻlga kiritadi[5]. Keyingi mavsumda Sanvisente yana jamoani shon-shuhratga olib chiqdi, bu safar oʻzining sobiq jamoasi Mineros Guayanani magʻlub etib, Venesuelaning eng muvaffaqiyatli murabbiyiga aylanadi[6].

Venesuela terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil 26-noyabrda Venesuela futbol federatsiyasi Richard Paesni Venesuela terma jamoasi bosh murabbiyligidan isteʻfoga chiqqanini eʻlon qildi. Muxlislar va matbuotning fikricha, Sanvisente terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga favorit boʻlgan. Ammo u va boshqa murabbiylar bilan bir necha haftalik muzokaralardan so‘ng Venesuela futbol federatsiyasi Sanvisente[7] o‘rniga Sezar Fariasni terma jamoa uchun murabbiy sifatida tanlaydi.

2013-yilda Farias murabbiylikdan ketishini eʻlon qilgach, matbuot va muxlislar yana Sanvisentening tayinlanishini soʻray boshlaydilar. Federatsiya 8 oy davomida Noel Sanvisente Venesuela milliy futbol terma jamoasi murabbiyi etib tasdiqlangani eʻlon qilinmagunicha jamoaga yangi murabbiy tanlay olmaydi[8].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „9 datos que necesitas saber sobre Noel "Chita" Sanvicente, el nuevo DT de la Vinotinto“. cochinopop.com. 2015-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyun.
  2. „¿Quién es Noel Sanvicente, el nuevo DT de la Vinotinto?“. el-nacional.com. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyun.
  3. „10 momentos de la carrera de Noel Sanvicente“. liderendeportes.com. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-iyun.
  4. „Noel "Chita" Sanvicente pactó con el Zamora FC“. ultimasnoticias.com.ve. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-avgust.
  5. „Zamora se titula campeón absoluto“. eluniversal.com. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-avgust.
  6. „Zamora FC Campeón de Venezuela 2013/2014 de Primera División“. balonazos.com. 2014-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-avgust.
  7. „Cesar Farías: el nuevo director técnico de la Vinotinto“. venelogia.com. 2014-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-avgust.
  8. „Noel Sanvicente fue presentado como Seleccionador Nacional de Venezuela“. federacionvenezolanadefutbol.org. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-avgust.