Kontent qismiga oʻtish

Noiniy Bokiyayi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Noiniy Bokiyayi (16-asrning 2-yarmi — 17-asr) — oʻrtaosiyolik sozanda, shoir va musiqashunos. Oʻrta Osiyo va Shimoliy Hindistonda yashagan. Kavkabiy Buxoriyning izdoshi. Fors tilida bitilgan sheʼriy devon, falsafiy risola va "Zamzamayi vaxdat" ("Mushtarak navolari") musiqa risolasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqdanadi (inv. №10266/11, taxminan 1654). Risola debocha, muqaddima, 6 bob va xulosadan iborat. Unda musulmon Sharq madaniyatida rivoj topgan Oʻn ikki maqom tizimi (6 ovoza, 24 shoʻʼba, 48 goʻsha) va hind mumtoz musiqa parda tuzilmalari (6 raga, 30 ragini va boshqalar), musiqa janrlari (dubayt, peshrav, kor, amal, shuningdek, gita, xand, xayal, farsi va boshqalar), maqom va ragalarning mazmun doirasi, ijro etish sharoitlari (muayyan vaqti) masalalari yoritilgan. Mazkur risolada, ayniqsa, muallifning Oʻrta Osiyo va Shimoliy Hindiston mintaqalari musiqa anʼanalarining oʻzaro munosabatlari (yaqinligi) masalasiga eʼtibori ahamiyatlidir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil