Kontent qismiga oʻtish

Nominatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nominatsiya (lot. nominatio — nomlash, nom qoʻyish, atash) (tilshunoslikda) — nomlash xususiyatiga ega boʻlgan, yaʼni nolisoniy borliq unsurlariga nom berish va ularni ajratib koʻrsatish, ular haqida tegishli tushunchalarni shakllantirish uchun xizmat qiladigan til birliklari — soʻzlar, soʻz birikmalari, frazeologizmlar va gaplarni xreil qilish. N. jarayonining natijasi hisoblangan maʼnoli til birligi ham ayni shu termin orqali ifodalanadi. Ayrim olimlar N. terminini tilshunoslikning nomlash jarayonlari tarkibini oʻrga-nuvchi boʻlimini bildirish uchun ham qoʻllaydilar.

N.da 3 jihat farqlanadi: nomlanuvchi obyekt, nomlovchi subʼyekt, tanlab olinadigan til unsurlari. Alohida tushuncha, predmet, belgi ("goʻzallik", "kitob", "aytmoq", "yashil"), muayyan belgilari boʻlgan predmet ("yashil da-raxt") yoki butun bir voqea-hodisa ("Ba-hor!", "Qushlar uchdi") kabilar N.ning obyekti boʻlishi mumkin. Shu jihatdan N. lugʻaviy va propozitiv (soʻz birik-masi va ran shaklidagi) N.ga boʻlinadi. N. jarayonida nomlash uchun asos sifatida tanlab olinadigan belgi(lar) nomning ichki shaklini tashkil etadi. Demak, ayni bir obyekt oʻzining turli belgilari asosida turlicha nomlanishi mumkin (Mas, "bolalar stulchasi" — moʻljallanganlik; "katta stul" — hajm, shakl belgisi). Nomning tashqi shakli nomlash jarayonida tanlab olinadigan leksik-grammatik vositalar bilan belgilanadi. Shu sababli ichki shakl jixatidan bir xil boʻlgan nomlar oʻzlarining tashqi shakli bilan farqlanadilar ("nuroniy" — "keksa odam" — "chol").

N.ni vazifa va kelib chiqish jihatidan tekshirish uni azaliy, avvaldan mavjud boʻlgan (yoki hozirgi tilda tub deb qaraladigan) N. va yasama (maʼno va soʻz yasalishiga koʻra) N. deb ikkiga ajratishga asos beradi. Avvaldan mavjud boʻlgan yoki birlamchi N. jarayonlari — hozirgi tillarda juda kam uchraydigan hodisa: tilning nominativ boy-ligi, asosan, oʻzlashmalar yoki ikkilamchi N. hisobiga — N. jarayonida oldindan mavjud boʻlgan birliklarning fonetik shaklidan yangi ifodalanayotgan narsaning nomi sifatida foydalanish hisobiga boyib bormoq-da. Birlamchi N. natijalari muayyan til vakillari tomonidan azaliy, dastlab-ki nom tarzida idrok qilinadi (Mas, suv, togʻ, ichmoq, qora kabi). Bunday N.larning yasama ekanligi faqat eti-mologik yoki tarixiy tahlil orqaligina aniklanishi mumkin. Ikkilamchi N. natijalari esa morfologik tarkibi yoki maʼnosiga koʻra, yasama nom sifatida idrok qilinadi. Tilda tasviriy vositalar, perifraza va idiomalarning hosil boʻlishi ikkilamchi N.ning alohida holatidir.

Tilning ichki rivojlanish qonuniyatlariga mos keladigan va muayyan til vakillari ehtiyojlariga javob bera oladigan N.lar, odatda, umumisteʼmoldagi lugʻat tarkibidan oʻrin oladi. Lekin maxsus terminologik tushunchalar uchun yaratiladigan yoki tor ijtimoiy guruhlar doirasida (jargonlar), shuningdek, alohida muallif tomonidan soʻz qoʻllashda paydo boʻladigan N.lar haqida bunday deb boʻlmaydi.

Abduvahob Madvaliyev.

... NOMIYA (yun. nomos — qonun) — oʻzlashma qoʻshma soʻzlarning ikkinchi qismi boʻlib, muayyan fanni, qarashlar (yoki qoidalar) tizimini angla-tadi (Mas, astronomiya, agronomiya). [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil