Kontent qismiga oʻtish

Non sequitur

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Non sequitur (talaffuzi: non sekvitur) lotin tilidan olingan ibora boʻlib, „davom etmaydi“, „davomi emas“, deb oʻgiriladi. Mantiqda non sequitur atamasi bilan tezisda koʻrsatilgan fikrni davom ettirmaydigan argument tushuniladi.[1] Non sequitur mantiqiy xatolardan biridir.

Barcha odamlar qachondir oʻlishadi, Eshmat — odam, demak Eshmatga qizlar yoqadi.

Bu yerda tezis - odamlarning oʻlishi, lekin „davomiy“ argument (Eshmatga qizlar yoqadi) umuman bu tezis mavzusiga oid emas.

Bir necha qadamli mantiq

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Agar Qurʼon toʻgʻri boʻlsa, xudoga ishonishim kerak.
  2. Xudoga ishonaman.
  3. Demak Qurʼon toʻgʻri.

Bu yerdagi tezisda A dan B kelib chiqishi taʼkidlangan, lekin non sequitur B dan A kelib chiqadi, deb tezisga mos kelmayapti.

  1. Barker, Stephen F. „Chapter 6: Fallacies“, . The Elements of Logic, Sixth edition, New York, NY: McGraw-Hill [1965], 2003 — 160–169-bet. ISBN 0-07-283235-5.