Nordon gaz
Nordon gaz – tabiiy gaz tarkibidagi vodorod sulfid (H2S) miqdori yuqori boʻlgan gaz[1]. Biron bir hududda aniqlangan tabiiy gaz tarkibida 5,7 milligrammdan ortiq vodorod sulfid aniqlansa, bunday gaz nordon gaz deb yuritiladi[2]. Biroq, bu koʻrsatkichlar mintaqalarga qarab turlicha farq qiladi. Ayrim hollarda „kislotali gaz“ atamasi „nordon gaz“ atamasi oʻrnida ishlatiladi, aslida esa, „kislotali gaz“ atamasi umumiy holatda tarkibida vodorod sulfid boʻlgan gazlarga nisbatan ishlatiladi. Bunda qancha miqdorda (H2S) borligi ahamiyatga ega boʻlmaydi. Nordon gaz zaharli boʻlishidan tashqari, maʼlum miqdorda quvurlarga ham ziyon yetkazadi. Aniqlanishicha, Kanadadagi bir quduqda aniqlangan gaz tarkibida 90% miqdorda vodorod sulfid mavjud boʻlgan.
Chuchuklashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Neftni qayta ishlash va gazni qayta ishlash zavodlari nordon gaz tarkibidagi vodorod sulfidni kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Bunda gaz tarkibiga aminlarni aralashtirgan holda, vodorod sulfid oltingugurtga aylantirib olinadi. Ayrim zavodlaridagi chuchuklashtirish ishlarida aminlar oʻrnida karbonilsulfidlar ishlatiladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Pipeline Definitions (Wayback Machine saytida 2012-05-02 sanasida arxivlangan) Railroad Commission of Texas.
- ↑ Permit by Rule Chapter 106 - July 31, 2008 Scroll down to PDF page 38 of 58 PDF pages.