Normandiya
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Normandiya (Normandie) — Fransiyaning shimoli-gʻarbidagi, asosan, Normandiya yarim oroldagi tarixiy viloyat. Kalvados, Mansh, Er, Dengizboʻyi Senasi, Orn departamentlaridan tarkib topgan. Maydoni 29,9 ming km². Aholisi 3,1 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ikki iqtisodiy rayonga — Yuqori N. va Quyi N.ga boʻlingan. Asosiy shaharlari — Ruan, Kan. "N." nomi ushbu hududni 10-asrning 1-yarmidabosibolgan normannlarsan olingan. 10—13-asr boshida N. — gersoglik, Angliyani Normandiya, bosib olgach (1066-yil) — ingliz qirollari mulki. 1202—04 yillarda N.ni Fransiya qaytarib olgan; 1790-yilgacha viloyat maqomida boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |