Nortoʻxta Qilich
Nortoʻxta Qilich | |
---|---|
Tavalludi |
7-fevral 1947-yil |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Kasbi | yozuvchi |
Nortoʻxta Qilich (1947-yil Buxoroda tugʻilgan) — yozuvchi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nortoʻxta Qilich 1947-yil 7-fevralda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Gʻishti qishlogʻida tugʻilgan. 1971-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ni tamomlagan. Soʻngra, „Buxoro haqiqati“, „Xorazm haqiqati“, „Toshkent oqshomi“ gazetalarida, shuningdek, „Sharq yulduzi“ jurnalida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida faoliyat yuritgan[1].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nortoʻxta Qilichning dastlabki hikoyalari 60-yillarda tuman gazetasida nashr etilgan. 1981-yilda ilk hikoyalar toʻplami „Oppoq tong“ nomi ostida bosilib chiqqan. Keyingi yillarda „Yorongul“ (1981), „Moʻjiza“ (1984), „Chigʻiriq“ (1988), „Bayram“ (1991), „505“ (1992), „Iltijo“ (1992) nomli hikoya va qissalar toʻplamlari chop etilgan.
1993-yilda „Vijdon hukmi“ nomli qissa va hikoyalar toʻplami qoraqalpoq tilida bosmadan chiqqan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Norto‘xta Qilich (1947)“. ziyouz.com. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Norto‘xta Qilich“. arboblar.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.