Kontent qismiga oʻtish

Nostratik tillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nostratik tillar
bahsi
Takson: makro oila
Joʻgʻrofiy
taqsimlanishi:
Yevropa, Osiyo (janubi-sharqidan tashqari), Shimoliy va Shimoliy-Sharqiy Afrika, Arktika
Lingvistik turkumlanishi: gipotezaga asoslangan
Boʻlinishi:
Afro-Osiyo tillari (bu nazariya ayrimlar qabul qilishmagan)
Elam tili (ayrimlar shunga kiritadilar)
Shumer tili (ayrimlar shunga kiritadilar)
Nivxlar tili (ayrimlar shunga kiritadilar)
Yukagir tillari (bu nazariya ayrimlar qabul qilishmagan)
Chukotko-Kamchatka tillari (bu nazariya ayrimlar qabul qilishmagan)
Eskimo–Aleut tillari (bu nazariya ayrimlar qabul qilishmagan)

Sergey Starostin boʻyicha Nostratik tillar makro oilasining hozirgi dunyo boʻylab tarqalishi.

Nostratik tillar (lotincha: nostrātis “bizning”, “mahalliy”) — Yevropa, Osiyo va Afrikaning bir qancha til oilalari va tillarini, shu jumladan Oltoy, Kartvel, Dravid, Hind-yevropa, Ural, baʼzan Afroosiyo, Chukot-kamchatka va Eskimos-aleut tillarini birlashtiruvchi tillarning faraziy makrooilasidir. Nostratik gipotezaga koʻra, bu tillarning barchasi bitta pranostratik tilning boʻlinishidan hosil boʻlgan.

Nostratik tillarning qarindoshligining asosiy dalili bu tillarning koʻpchiligidagi asosiy olmoshlar (xususan, “men”, “sen”, “kim” va “bu”)ning oʻxshashligidir[1]. Rus tilshunoslari koʻpincha nostratik tillarning qarindoshligi tasdiqlangan haqiqat sifatida qarashadi. Biroq gʻarb olimlarida esa bu gipotezaga shubha bilan qarash yoki uni bevosita rad etishmoqda.

Nazariyaning tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nostratik tillar haqidagi gipotezaning muallifi 1903-yilda daniyalik tilshunos Holger Pedersen boʻlib, u “Nostratik tillar” atamasini ilgari surgan[2]. Lekin, odatda Nostratik makrooilaga kiruvchi oilalarni juft-juft qilib qiyoslashga urinishlar XIX asrning oʻrtalaridayoq boshlangan. Ular hind-ural (I. Kuno, N. Anderson, V. Tomsen, F. P. Kyoppen), Ural-oltoy (V. Shott, M. A. Kastren), hind-semit (G. Möller, A. Kuni) va hind-kartvellar (F. Bopp) til juftliklari solishtirib koʻrishgan[3][4].

1960-yillarning boshlarida nostratik tillar nazariya sovet slavyanshunosi V.M. Illich-Svitich tomonidan sezilarli darajada ishlab chiqilgan, ammo uning “Nostratik tillarni solishtirish tajribasi” (Опыт сравнения ностратических языков) fundamental ishi muallifning avtohalokatda vafot etganligi sababli tugallanmagan edi. Keyinchalik bu nazariya ustida isroillik olim A.B. Dolgopolskiy, rus olimlari V.A. Dybo, S.A. Starostinlar faol ishladilar.

V.M. Illich-Svitich va A.B. Dolgopolskiylar Afroosiyo makrooilasini nostratik oilaga tegishli deb hisoblashgan. Ammo S.A. Starostin va A.Yu. Militaryovlar ning fikriga koʻra, Afroosiyo tillari alohida makrooiladir, chunki uning glottoxronologik usul bilan hisoblangan yoshi Nostratik makrooilaning yoshi bilan deyarli teng chiqqan.

Nostratik tilning qayta tiklangan leksemalarining lugʻati 1994-yilda amerikalik olim A.R. Bomhard tomonidan nashr etilgan. Aron Dolgopolskiy 2008-yilda Angliyada[5] va 2013-yilda Rossiyada uch jildlik nashrida nashr etilgan yangi Nostratik lugʻatni nashrga tayyorladi.

Boʻlinishi va vatani

[tahrir | manbasini tahrirlash]

S.A. Starostin glottoxronologik hisob-kitoblarga asoslanib, pranostratik tilning boʻlinish vaqtini miloddan avvalgi 12-10 ming yilliklarda yuz berganligini aniqladi[6]. Olimning fikricha bu makrooiladan birinchi boʻlib, dravid tillari ajralib chiqqan boʻlishi mumkin.

2008-yilda Allan Bomhard tomonidan taklif qilingan nostratik tillarning filogenetik tasviri.

Mark Pagel va boshqalarning 2013-yilda nashr etilgan ishiga koʻra, nostratik tillarining mavjudligi ehtimoli darajasi raqamli usullar yordamida hisoblangan va pranostratik tilning boʻlinishi taxminan 15 ming yil oldin (miloddan avvalgi 13 ming yillikning boshlarida) sodir boʻlgan boʻlib, asar mualliflarining soʻzlariga koʻra bu soʻnggi muzlik davrining oxiriga borib taqaladi[7].

Nostratik tillarning genetik jihatdan qarindoshligi ularda genetik jihatdan teng, oʻxshash koʻplab oʻzak va affiksal morfemalarning (1000 ga yaqin) mavjudligidir. Oʻzak morfemalar qatlami asosiy lugʻat tarkibidagi oʻzaklar boʻlib, tana aʼzolari, qarindoshlik munosabatlari, asosiy tabiat hodisalari, hayvon va oʻsimliklar nomlari, oddiy harakat va jarayonlar, asosiy xususiyatlarni (ularning nomlarini) qamrab oladi. Genetik jixatdan umumiy, teng boʻlgan xususiyatlar grammatika va fonetika sohalarida ham kuzatiladi[8].

  1. С. Е. Яхонтов «Прародина ностратических языков» // Славистика. Индоевропеистика. Ностратика. К 60-летию со дня рождения В. А. Дыбо. — М., 1991. — С. 13-17
  2. Иллич-Свитыч В. М. Опыт сравнения ностратических языков. — М.: УРСС, 2003. — С. 1. — ISBN 5-354-00173-0.
  3. Дыбо В. А., Терентьев В. А. Ностратические языки // Лингвистический энциклопедический словарь. — С. 339.
  4. Иллич-Свитыч В. М. Опыт сравнения ностратических языков. — М.: УРСС, 2003. — С. 38—45. — ISBN 5-354-00173-0.
  5. DSpace at Cambridge: Nostratic Dictionary
  6. Старостин С. А. Nostratic and Sino-Caucasian // Труды по языкознанию. — 2007. — С. 450.
  7. Pagel, Mark; Quentin D. Atkinson; Andreea S. Calude; Andrew Meadea (6-may 2013-yil). «Ultraconserved words point to deep language ancestry across Eurasia». PNAS. 110: 8471-8476. doi:10.1073/pnas.1218726110. PMC: 3666749.
  8. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil