Kontent qismiga oʻtish

Novosibirsk

Koordinatalari: 55°2′0″N 82°55′0″E / 55.03333°N 82.91667°E / 55.03333; 82.91667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Novosibirsk

ruscha: Новосибирск
Novosibirsk
Bayroq
Novosibirsk
Gerb
55°2′0″N 82°55′0″E / 55.03333°N 82.91667°E / 55.03333; 82.91667
Mamlakat Rossiya
{{{mintaqa_turi}}} Novosibirsk viloyati
Hukumat
 • Hokim Anatoly Lokot
Asos solingan 1893
Ilk eslatilishi 1893
Avvalgi nomlari Novonikolayevsk
Maydon 502.7 km2 (194.1 kv mi)
Markazi balandligi 150 m
Aholisi
 (2021)
1 633 595
Zichligi 3230,87 kishi/km2
Konfessiyaviy tarkib pravoslavniylar, musulmonlar va boshqalar
Telefon kodi +7 383
Pochta indeks(lar)i 630xxx
Novosibirsk xaritada
Novosibirsk
Novosibirsk
Novosibirsk xaritada
Novosibirsk
Novosibirsk

Novosibirsk (ruscha: Новосибирск; 1903-25 yillarda Novonikolayevsk) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Novosibirsk viloyati markazi, Ob daryosidagi pristan. Ob daryosining har ikkala sohilida. Novosibirsk yaqiniga Novosibirsk GES qurilgan va Novosibirsk suv ombori bunyod etilgan. Sibirning yirik transport tuguni. Aholisi 1399,4 ming kishi (1998). Shahar 1893-yilda posyolka sifatida vujudga kelgan. Shahar sanoatida mashinasozlik va metallurgiya (yalpi sanoat mahsulotining 65%ni beradi) asosiy oʻrinni egallaydi ("Sibelektrotyaj-mash", "Sibselmash", stanoksozlik zavodlari bor). Qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish rivojlangan. GES, metropoliten (1985-yildan) bor. Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir boʻlimi, 13 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 2 universitet, konservatoriya), 6 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri) faoliyat koʻrsatadi. Suratlar galereyasi, oʻlkashunoslik, geologiya, zoologiya, Sibir xalqlari tarixi va madaniyati muzeylari mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil