Kontent qismiga oʻtish

Nozimaxonim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nozimaxonim (1870, Toshkent — 1924) — shoira. Oʻzbek ayollari orasidan chiqqan birinchi jurnalist-publitsist. Tatar, arab va fors tillarini oʻrgangan. Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borgan. Yevropa adabiyoti va madaniyati bilan tanish, erkparvarlik gʻoyalaridan bahramand boʻlgan. Oʻzbek va fors mumtoz adabiyotini, ayniq-sa, Saʼdiy, hofiz asarlarini oʻqigan[1].

Sheʼr va maqolalari 1900-yildan matbuotda bosilgan. 20 yoshlarida shoira „beshyogʻochlik Nozimaxonim“ nomi bilan mashhur boʻlgan. Taraqqiyot, maʼrifat va madaniyatni tashviq etuvchi sheʼr va manzumalari, jaholat, bidʼat-xurofotni fosh etuvchi asarlari, zamonasidagi ijtimoiy tengsizlik va avj olgan milliy istibdoddan keskin norozilik bayon qilingan oʻtkir hajviy sheʼrlari „Shuhrat“, „Sadoyi Turkiston“, „Taraqqiy“ kabi gaz.larda muntazam chiqib turgan. Shoira mehnatkash xalqning milliy ozodlik harakatini qoʻllab-quvvatlagan, xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va oʻrni haqida asarlar yozgan, jaholat va zulm poymol etgan oʻzbek ayolining milliy, insoniy haqhuquklarini talab qilib chiqqan („Insonga qancha erk darkor?“, „Ilm va maorif borasida bir-ikki soʻz“, „Xotinlar huquqiga oid“ va boshqalar)[2].

Nozimaxonim sheʼriyati 1905—17 yillar oʻzbek adabiyotining yetakchi tamoyillarini aniklashda, 20-yillar oʻzbek sheʼriyatining harakterli xususiyatlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.

  • Qosimov B., Milliy uygʻonish, T., 2002.[3]
  1. „NOZIMAXONIM (1870-1924)“.
  2. „Nozimaxonim (1870-1924)“ (2021-yil 5-noyabr).
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil