Nu’mon Ablakulov
Nu’mon Ablokulov | |
---|---|
Tavalludi |
6-may 1947-yil |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Janr | Hunarmand kulol |
Mukofotlari | "Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi" faxriy unvoni |
Ablokulov Nu’mon Maxkamovich (1964-yil) 1997-yildan „Hunarmand“ uyushmasi a’zosi,
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]N. Ablokulov 1964-yil Urgut shahrida usta hunarmandlar oilasida tugʻilgan. Yoshligidan ota kasbi kulolchilikka mehr qoʻygan. Urgutlik mashhur Abdullo kulol sulolasining yettinchi avlodi. Oʻrta maktabda oʻqib yurgan kezlarida xalq amaliy san’atining eng qadimiy sohalaridan biri kulolchilik sirlarini mukammal oʻrgandi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan san’at arbobi, jahonning 70 dan ortiq davlatlaridagi koʻrgazmalari ishtirokchisi Mahkam Obloqulovning kulolchilik sohasidagi sir-asrorlarni mukammal oʻrganish maqsadida tunu kun ustaxonadan chiqmay mehnat qiladi. Bugungi kunda uning mehnatlari va izlanishlari oʻz samarasini berib, sohaning eng yuksak unvoni — "Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi" faxriy unvoni[1] bilan taqdirlandi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kulolchilikning 3 yoʻnalishi mavjud. Ular:
- koʻzagarlar-vertikal formali mahsulotlar ustalari;
- kosagarlar-gorizontal formali mahsulotlar ustalari;
- tandirsozlar.
Usta Nu’mon Maxkamovich kulolchilikning shu uchala yoʻnalishi boʻyicha ham faoliyat yuritadigan yetuk hunarmand usta. U sopol buyumlar yasashda qoliplar, shablonlardan foydalanmaydi, faqat oddiy charxda qoʻlda ijod qiladi. Usta balandligi 80 sm gacha boʻlgan koʻza va vazalar, diametri 70 sm ortiq boʻlgan laganlar va 200 litrgacha boʻlgan hajmli xumlarni tandir yasash uslubida bajaradi.
Sopollarga sayqal berishda ham mahalliy xom ashyolar, oq tosh (kvars), mis va temirning kuydirilishidan olinadigan oksidlar yordamida buyoq tayyorlaydi.
Kolleksiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]N. Ablokulov yaratgan betakror sopol buyumlar Yaponiya, AQSh, Fransiya, Gollandiya, Germaniya, Rossiya va boshqa koʻplab xorijiy davlatlar koʻrgazmalarida ishtirok etgan. Amerika, Yevropa va bir qator Osiyo davlatlari muzeylaridan, shaxsiy kolleksiyalardan oʻrin olgan.
Ustoz-shogird anʼanasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urgutlik kulollar sulolasining sakkizinchi avlodi N. Ablokulov yetti pusht ajdodlari shuhrat qozongan kulolchilik sirlarini sulolaning toʻqizinchi avlodlari farzandlari Inomjon va Muhammadlarga oʻrgatib kelmoqda. Ota kasbini ardoqlayotgan farzandlar ham Urgut kulolchilik maktabi shuhratini yanada koʻtarish, boqiyligini taʼminlash yoʻlida fidokorona mehnat qilmoqdalar.
Nuʼmon Ablokulovning ustaxonasi hozirda shogirdlari va hunarmandchilikka qiziqqan yoshlar bilan gavjum. Hunarmand ustoz oʻz shogirdlariga kulolchilikning sir asrorlarini oʻrgatish bilan bir qatorda uni xorijiy mamlakatlarda ham nufuzini oshirish va tanitish boʻyicha oʻz saboqlarini berib kelmoqda. Kulolning hozirda 100 dan ortiq shogirdlari bor. Ular yakka tartibda ham faoliyat olib borishmoqda. N. Ablokulov milliy hunarmandchilikning ushbu yoʻnallishini rivojlantirishga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan ustalardan hisoblanadi[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони „Ўзбекистон Республикаси халқ устаси“ фахрий унвони, Аблакулов Нуъмон Махкамович – Республика „Ҳунарманд“ уюшмаси аъзоси, кулол, Самарқанд вилояти
- ↑ САМАРКАНДСКОЕ МЕЖОБЛАСТНОЕ ОБЪЕДИНЕНИЕ НАРОДНОГО - ПРИКЛАДНОГО ИСКУССТВА "УСТО"
- ↑ „Чудо, рожденное из глины: узбекская керамика“. 2022-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.