Nuh ibn Mansur
Nuh Ibn Mansur, amiri Rashid (963 — Buxoro — 997) —Somoniylar davlatining amiri (976—97), amir [[Mansur ibn Nuhning]ning oʻgʻli. Otasining vafotidan soʻng taxtga oʻtirdi (976- yil 26-sentabr). Siyosiy va harbiy sohada islohotlar oʻtkazgan. Muhammad ibn Abdulloh ibn Aziz vazir, Abulhasan Simjuriy sipohsolor (bosh qoʻmondon) boʻldi. Siyosiy jarayonlarda turk lashkarboshilarining mavqei kuchaygan. Nuh ibn Mansurning lashkarboshisi Foyiq Raboti Malik yaqinida boʻlgan jangda ataylab yengilgan va qoraxoniylar hukmdori Bugʻroxon (Horun ibn Muso) Buxoroni urushsiz ishgʻol qilgan (992). Biroq, Bugʻroxon kasallik tufayli Qashqarga qaytib ketayotganda yoʻlda vafot etgan (992). Nuh ibn Mansur Amul (Chorjoʻy)dan qaytib, Buxoroni qayta egallagan. Bu paytda Somoniylar davlatiga qarashli Xuroson Abu Ali Simju-iy (Abulhasan Simjuriyning oʻgʻli) va Foyiq, Gʻazna va Hirot viloyatlari Sabuktegin qoʻlida boʻlgan.
Nuh ibn Mansur bilan Sabuktegin oʻrtasida Kesh va Naxshabda oʻzaro uchrashuv boʻlib, unda Sabuktegin somoniylarni qoʻllab-quvvatlashga vaʼda bergan. Gar-diziyning yozishicha, Sabukteginning 20 ming kishilik qoʻshini Abu Ali Simjuriy (997 yil vafot etgan) va Foyiq askarlariga Hirot atrofida kuchli zarbalar bergan. Nuh ibn Mansur Buxoroga qaytgan. Biroq uning Somoniylar davlatini tanazzuldan saqlab qolish yoʻlidagi harakatlari oʻz natijasini bermadi. Qoraxoniylarning Buxoroga 996- yil qilgan hujumlari oqibatida Sabuqtegin bilan Bugʻroxonning vorisi Nasr Iloqxon oʻrtasida Nuh ibn Mansurning ishtirokisiz muzokaralar oʻtkazilib, somoniylarga Movarounnahrning faqat markazi qoldiriladi.
Nuh ibn Mansur saroyida shoir Daqitsiy ijod qilgan. Mashhur tabib Abu Ali ibn Sino 16 yoshida Nuh ibn Mansurni davolab, oʻsha davrda Sharqdagi eng boy kutubxona sanalgan Somoniylar davlatining kutubxonasida mutolaa qilish imkoniyatiga ega boʻlgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abu Sa’id Gardizi, Zayn alaxbar., T., 1991.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |