Kontent qismiga oʻtish

Nukus tumani

Koordinatalari: 42°35′56″N 59°32′4″E / 42.59889°N 59.53444°E / 42.59889; 59.53444
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Nukus Tumanidan yoʻnaltirildi)
Nukus tumani
Нукусский район
tuman
Tarkibida Qoraqalpogʻiston
Maʼmuriy markazi Oqmangʻit
Asos solingan sanasi 1968
Hokim Omirbay Usnatdinovv [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Nukus tumani xaritada
42°35′56″N 59°32′4″E / 42.59889°N 59.53444°E / 42.59889; 59.53444

Nukus tumani — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1968-yili 25-dekabrda tashkil etilgan. Gʻarbda Xoʻjayli, shimoli-gʻarbda Amudaryo orqali Qanlikoʻl tumani, sharqda Qoraoʻzak, shimoli-sharqda Kegeyli, shimolda esa Boʻzatov tumanlari, janubi-sharqda Amudaryo tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,0 ming km². Aholisi 43,5 ming kishidan iborat (2001). Tumanda 1 ta shaharcha:

6 ta ovul fuqarolari yigʻini mavjud:

  • Arbashi
  • Baqanshaqli
  • Kerder
  • Samanbay
  • Taqirkoʻl
  • Qirontov

Markazi – Oqmangʻit shaharchasi hisoblanadi.

Tuman hududi Qoraqalpogʻistonning markazida, quyi Amudaryoning sharqiy sohilidagi past tekislikda joylashgan. Relyefi, asosan, pastbaland tekisliklar, gʻarbiy qismi Amudaryo botigʻi, sharqiy qismi qum doʻnglari va qator qum tepalaridan iborat. Balandligi 100 m boʻlib, shimoliy va janubiy-gʻarbiy qismida yer usti Amudaryo oqizib keltirgan unumdor allyuvial va eol yotqiziqlaridan tuzilgan. Asosan, botqoq, oʻtloqi-botqoq, oʻtloqi-taqir, Amudaryo boʻylarida esa sur-qoʻngʻir va oʻtloqi-choʻl tuproqlar tarqalgan. Bu yerlarda dehqonchilik va oʻrmon xoʻjaliklarini rivojlantirish uchun qulay sharoit mavjud. Tumanning janubiy qismi geologik jihatdan Sulton Uvays togʻining davomi hisoblanadi.

Tumandagi Nazarxon koʻli, Sapokkoʻl va boshqa bir necha kichik koʻllar katta ahamiyatga ega. Shuningdek, tumanda Nazarxon, Choʻrtonboy, Samanboy oʻrmon xoʻjaliklari mavjud (6,5 mhhi ga).

Yovvoyi oʻsimliklardan koʻproq oq saksovul oʻsadi. Iqlimi keskin kontinental tarzda bo'ladi. Qishda temperatura keskin pasayib ketadi. Yillik oʻrtacha temperatura 11°C, yanvarda oʻrtacha temperatura –6,9°C, iyunda 27°C, eng past temperatura –32°C va eng yuqori temperatura 46°C ni tashkil etadi.

Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar (60,8%) boʻlib, qozoqlar (30%), oʻzbek (8,7%), rus, turkman, koreys, tatar va boshqa millat vakillari (0,5%) ham istiqomat qiladi. 1 km² ga 43,5 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 8,3 ming kishi (19,1%), qishloq aqolisi 35,2 ming kishidan (80%) (2001) iborat.

Sanoati aholiga madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish korxonalaridan iborat. Qishloq xoʻjaligi Nukus shahri aholisini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlari rivojlangan boʻlib, ularning asosiy yoʻnalishi mevachilik, tokchilik, poliz va sabzavotchilik, goʻsht va sut chorvachiligi, parrandachilik, sholikorlik, gʻallachilik va paxtachilikdan iborat. Tumanda bir qancha qoʻshma korxona (shu jumladan, Isroil-Oʻzbekiston issiqxonasi), boshqa sanoat korxonalari, kichik, xususiy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari mavjud. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlari – gʻallachilik va paxtachilik hisoblanadi. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 13,3 ming qoramol, 7,6 ming qoʻy va echki, 800 ot va parralarnda boqiladi.

Asfaltlangan avtomobil yoʻllarining uzunligi 100 km. Nukus–Xalqobod– Chimboy – Taxtakoʻpir, Nukus – Oqmangʻit – Qozonketgan – Qozondaryo, Nukus – Xoʻjayli – Qoʻngʻirot – Moʻynoq yoʻnalishlarda muntazam avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Tumanda 33 ta umumiy taʼlim maktablari, 3 ta kasb-hunar maktabi, 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 11 ta bog‘cha va 2 ta axborot-resurs markazlari faoliyat yuritadi[2].

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayvon-qalʼa (Hayvanqalʼa, forscha "Eyvan" so'zidan - balkon, ayvon, ochiq galereya, tom ma'noda "Balkon shahar", yozma manbalarda Kerder (Kurder), yaʼniy forscha "Gardar" so'zi "tepalik" degan ma'noni anglatadi) - markazi Kerder xoʻjaligi. Nukus tumanining Shoʻrtanboy daryosining eski irmogʻining chap tomonida joylashgan. Hozirda hududda “Kerder” fermer xoʻjaligi joylashgan.

Tok-qalʼa (Darsan) - aholi punkti To'ktogʻning kichik tabiiy tepaligida joylashgan. Umumiy maydoni 8 gektarni tashkil etadi. Yodgorlik 3 qismdan: antik, ilk o‘rta asr va qabristondan iborat[3].