Nuno Mendes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Nuno Mendes (1973-yilda tugʻilgan)[1] - portugaliyalik oshpaz, Chiltern Firehouse, Londonning bosh oshpazi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nuno Mendes Lissabonda tugʻilib oʻsgan.[2]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mendes 1990-yillarda Kaliforniya pazandachilik akademiyasida tahsil olgan, elBullida ishlagan[3] va Volfgang Pak, Rokko di Spirito va Jan-Jorj Vongerixtenlar bilan ishlagan.[4] 2006-yilda Mendes Xokstonda Gastropub Bacchusni ochdi va keyinchalik Shoreditchdagi oʻz kvartirasida The Loft loyihasini ochdi.[5]

2010-yilda Mendes Bethnal Greenʼs Town Hall mehmonxonasida jahon oshxonalaridan ilhomlangan Viajante (portugalcha „sayohatchi“) restoranini ochdi. Birinchi yili u Mishel yulduziga sazovor boʻldi va 2013-yilda dunyoning 50 ta eng yaxshi restorani roʻyxatiga kiritildi.[6] Tanqidchilardan biri restoran haqida shunday dedi: „Nuno Mendes East Endga El Bulli taʼmini olib keldi.“[7] The Times gazetasidan Giles Koren Mendesni „har bir restoran tanqidchisining maxfiy sevimli oshpazi deb atagan.“[8]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mendesning janubiy afrikalik stilist sherigi Klariz bilan bir qizi va egizak oʻgʻillari bor.[9]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Curtis, Nick. Chef who's the cat's whiskers: Nuno Mendes. Evening Standard (27-mart 2013-yil).
  2. „Nuno Mendes: Culinary Traveller“. Internationalgourmetfestival.com. Qaraldi: 24-iyun 2014-yil.
  3. „Is this the most futuristic pub in Britain? | Compare and buy | The Observer“. Observer.theguardian.com (9-fevral 2011-yil). Qaraldi: 24-iyun 2014-yil.
  4. „Nuno Mendes“. FOUR Magazine. 2-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2014-yil.
  5. „u yerda eng yaxshi oshpazlar mehmonlar oldida pishirib va oʻz tajribalarni taklif qilishadi.“
  6. „Nuno Mendes“. FOUR Magazine. 2-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2014-yil.
  7. Williams, Zoe. „London Restaurant Review: Viajante“ (inglizcha). Daily Telegraph (31-may 2010-yil). Qaraldi: 3-mart 2018-yil.
  8. Giles Coren Published at 2:47PM, 8-mart 2014-yil. „Giles Coren at the Chiltern Firehouse“. The Times (8-mart 2014-yil). Qaraldi: 24-iyun 2014-yil.
  9. Curtis, Nick. Chef who's the cat's whiskers: Nuno Mendes. Evening Standard (27-mart 2013-yil).