Kontent qismiga oʻtish

Nuri Bilge Ceylan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nuri Bilge Ceylan
Tavalludi 1959-yil 23-yanvar
Bakırköy, Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Rejessor, ssenariynavis, fotograf
Faoliyat yillari 1995-yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Aylin Ünaldı
Bolalari 2

Nuri Bilge Ceylan (1959-yil 26-yanvarda Istanbul) — turk rejissyori, ssenariynavis va fotografi.

1997-yildan beri badiiy filmlari bilan ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan va xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan."Qish uyqusi" filmi 2014-yilgi Kann kinofestivalida „Oltin palma yaprogʻi“ni qo‘lga kiritib, kino tarixida ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan ikkinchi turk filmi bo‘ldi. Rejissyorning beshta filmi Turkiyaning eng yaxshi xalqaro akademik kino mukofotiga nomzod sifatida tanlandi.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1959-yilda Istanbulning Bakırko‘y tumanida tug‘ilgan. Onasi Fotma Ceylan. Otasi Mehmet Emin Ceylan qishloq xoʻjaligi muhandisi boʻlgan. Bolaligining asosiy qismi otasi tugʻilgan joy Chanoqqalʼaning Yenice tumanida oʻtdi[1]. Boshlangʻich taʼlimni Yenice shahrida, oʻrta maktab va litseyni Istanbulda tamomlagan. Oliy taʼlimni 1976-yilda Istanbul texnika universitetining kimyo boʻlimida boshlagan. 1978-yilda Bogʻozichi universitetining elektr va elektronika muhandisligi boʻlimiga oʻqishga kirdi.

Bogʻozichi universitetida oʻqigan vaqtida universitetning fotografiya (BÜFOK), alpinizm va gʻor toʻgaraklariga aʼzo boʻlib, tabiat hodisalariga qiziqishi ortgan[1][2]. Uning nomi fotografiyada paydo boʻla boshladi; 1982-yilda „Milliyet Art“ jurnalining „Türk Fotoğraf Sanatında Gençler“ nomli sonida qatnashdi. 1980-yillarda uning baʼzi ijodiy ishlari Gergedan kabi madaniyat va sanʼat jurnallarida nashr etilgan. 1989-yilda Kodak tomonidan uyushtirilgan tanlovda „Çıplak ve Deniz“ fotojamlanmasi tanlab olindi va xalqaro tanlovda Turkiya nomidan qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi[3]. 1985-yilda oʻqishni tamomlagandan soʻng London va Katmanduga sayohat qildi[4]. Turkiyaga qaytgach, Anqaraning Mamak tumanida harbiy xizmatni o‘tayotib, kino sohasiga kirishga qaror qiladi[5]. U Mimar Sinan universitetida ikki yil kino sohasida tahsil olgan.

1993-yilda Mehmet Eryılmazning "Seviyorum Ergo Sum" nomli qisqa metrajli filmida rol oʻynadi va suratga olish jarayonida kamera orti jarayonlarida boʻlib, texnik bilimini oshirdi[6]. U oʻzining qisqa metrajli filmini suratga olish uchun „Seviyorum Ergo Sum“ suratga olingan kamerani sotib oldi va 1993-yilda oʻzining birinchi qisqa metrajli filmini suratga oldi. U Kann kinofestivalida rejissyor, ssenariy muallifi va prodyuseri boʻlgan „Koza“ filmi bilan ishtirok etdi. „Koza“ tanlov uchun tanlangan ilk turk qisqa metrajli filmi edi[7].

Nuri Bilge Ceylan 1997-yilda oʻzining birinchi badiiy filmi "Kasaba"ni suratga oldi. "Koza" filmining davomi deb hisoblanishi mumkin boʻlgan avtobiografik va pastoral film „Kasaba“ koʻplab jahon festivallarida, jumladan Berlin xalqaro kinofestivalida namoyish etilgan. „Kasaba“ baʼzilar „mamlakat trilogiyasi“ deb taʼriflagan uchta filmning birinchisi edi. Trilogiyadagi filmlarning uchinchisi — u 1999-yilda suratga olgan „Mayıs Sıkıntısı“ va 2002-yilda chiqarilgan „Uzak“ filmidir. Bu filmlarda Ceylan qarindoshlari va oilasini aktyor sifatida ishlatgan va kinematografiyadan tortib ssenariy va montajga qadar deyarli barcha ishlarni oʻzi koʻrgan[5].

„Mayıs Sıkıntısı“ Berlin kinofestivalining tanlov boʻlimida namoyish etildi. U Kann kinofestivalida ishtirok etdi. Reytingi baland filmlar qatorida namoyish qilindi. Film festivalning ikkinchi mukofoti boʻlgan „Gran-pri“ („Grand Prix“)ni oldi. Filmning bosh rol ijrochilari Muzaffer O‘zdemir va film tugashi bilanoq yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan Mehmet Emin Toprak „Eng yaxshi erkak roli“ mukofotini olishdi. Ceylan 2003-yilda Kann kinofestivalida hakamlar hayʼatining bosh mukofotiga sazovor boʻlgan „Uzak“ filmi bilan xalqaro miqyosda tan olingan isimga aylandi. „Uzak“ filmining ssenariysi 2004-yilda kitob sifatida nashr etilgan[8].

Ceylanning toʻrtinchi badiiy filmi „Iqlimlar“ filmi oʻzi operatorlik qilmagan birinchi filmi edi. Bu filmdan boshlab Gokhan Tiryaki Ceylanning filmlariga rejessorlik qila boshladi. Ceylan bosh rollarni turmush oʻrtogʻi Ebru Ceylan bilan ijro etdi. Film 2006-yil Kann kinofestivalining tanlov boʻlimiga qabul qilingan. Ceylan „lklimler“ filmi uchun joy qidirish paytida fotografiya sanʼatiga yuzlandi va kino bilan bir qatorda fotografiya bilan ham shugʻullana boshladi[5].

U „Üç Maymun“ filmida birinchi marta professional aktyorlar bilan ishlagan. Film kichik muammolar tufayli parchalanib ketgan oilaning katta yolg‘onlari dunyoga keltirishi va ularning haqiqatni yashirish orqali birga qolish uchun kurashi haqida hikoya qiladi. Ushbu film bilan Ceylan 2008-yil Kann kinofestivalida „Eng yaxshi rejissyor“ mukofotini oldi. Mukofotni olgandan keyin minnatdorchilik soʻzida "Men bu mukofotni sevimli, yagona va goʻzal mamlakatimga topshiraman" degan soʻzlar uzoq vaqt davomida Turkiyada keng muhokamalarga sabab boʻldi[9][10]. „Oskar“ mukofotining „Eng yaxshi xorij filmi“ nominatsiyasida 9 talikka kirgan ilk turk filmi edi.

Ceylan 2009-yilda Kann kinofestivalida hakamlar hayʼati aʼzosi sifatida ishtirok etgan. 2011-yilgi Kann kinofestivalida „Bir Zamanlar Anadoluʼda“ Anadoluda filmi bilan hakamlar hayʼati bosh mukofotiga sazovor boʻldi.

U rejissyorlik qilgan „Qish uyqusi“ filmi 2014-yilda Kann kinofestivalida „Oltin palma yaprogʻi“ bilan taqdirlangan edi. Shunday qilib, turk filmlari ichida Sherif Goʻren va Yilmaz Güneyning „Yol“ filmidan keyin ikkinchi marta ushbu mukofotga sazovor boʻlgan filmga aylandi.

2018-yilda suratga olingan "Ahlat Ağacı " filmi rejissyorning eng ko‘p tomosha qilingan ikkinchi filmiga aylandi. Film 2018-yilgi Kann kinofestivalida qatnashgan va 91-o‘rinni egallagan. Film Akademiya mukofotlari marosimida eng yaxshi xalqaro film uchun Akademiya mukofotiga nomzod boʻldi.

Mehmet Eryilmaz tomonidan Ceylan bilan suhbatlar saralangan va „Söyleşiler“ (2012) nomli kitob sifatida nashr etilgan[8].

Ceylanning Deniz Celiloglu va Merve Dizdarlar ishtirokidagi „Kuru Otlar Üstüne“ nomli filmining suratga olish ishlari 2021-yilda boshlangan[11].

1995-yil Kann kinofestivali xalqaro qisqa metrajli filmlar tanlovi.

Kasaba (1997)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 17. Xalqaro Istanbul kinofestivali (1998)
    • „Fipresci mukofoti“

Berlin kinofestivali (1998)

  • „Caligari Ödülü“ Nuri Bilge Ceylan

Köln kinofestivali (1999)

  • „Eng yaxshi film“
  • „Eng yaxshi operatorlik ishi“ Nuri Bilge Ceylan

Mayıs Sıkıntısı (1999)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

21. SİYAD turk kinosi mukofotlari, 1999-yil

  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi rejissyor
  • „Eng yaxshi film“

36. Antalya Altin Portakal film festivali (1999)

  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi rejissyor
  • Nuri Bilge Ceylan — Doktor Avni Tolunay maxsus mukofoti
  • „Eng yaxshi 2-film“

19. Xalqaro Istanbul kinofestivali 2000

  • „Altın Lale“
  • „En İyi Türk Filmi“
  • „Fipresci mukofoti (xalqaro)“
  • „Halk Jürisi Ödülü“

Buenos-Ayres xalqaro kinofestivali, 2001-yil

  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi rejissyor

12. Anqara kino festivali 2000-yil

  • Eng yaxshi film

2000-yil Iskandariya kinofestivali

  • Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti
  • Mehmet Emin Ceylan — Eng yaxshi aktyor
  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi tahrir

56. Kann kinofestivali 2003-yil

  • Nuri Bilge Ceylan — Hakamlar hay’atining bosh mukofoti
  • Mehmet Emin Toprak — Eng yaxshi aktyor
  • Muzaffer Oʻzdemir — Eng yaxshi aktyor

39. Antalya Altın Portakal Film festivali 2002-yil

  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi rejissyor
  • Eng yaxshi film
  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi ssenariy
  • Mehmet Emin Toprak — eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor
  • Eng yaxshi film

14. Anqara kino festivali 2002-yil

  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi rejissyor
  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi operatorlik ishi
  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi montaj
  • Zuhal Gencer Erkaya — eng yaxshi ikkinchi plandagi ayol roli"

24. SİYAD turk kinosi mukofotlari, 2002-yil

  • Eng yaxshi film
  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi rejissyor
  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi operatorlik ishi

22. Xalqaro Istanbul kinofestivali 2003-yil

  • Eng yaxshi film
  • Nuri Bilge Ceylan — Doktor Nejat F. Eczacıbaşı fondi yilning eng yaxshi turk rejissori
  • FIPRESCI mukofoti

Cinemaya kinofestivali 2003-yil

  • Eng yaxshi film
  • Bosh mukofot

13. Orhan Ariburnu mukofotlari 2002-yil

  • Eng yaxshi film
  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi rejissyor
  • Muzaffer Oʻzdemir — Eng yaxshi aktyor

39. Chikago xalqaro kinofestivali, 2003-yil

  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi 2-film

25. Monpelye kinofestivali 2003-yil

  • Nuri Bilge Ceylan — Oltin Antigona
  • Nuri Bilge Ceylan — Tanqidchilar uyushmasi mukofoti

Bayrut kinofestivali, 2003-yil

  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi film
  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi ssenariy

16. Trieste kinofestivali, 2004-yil

  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi film

Mexiko kinofestivali, 2004-yil

  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi rejissyor
  • Nuri Bilge Ceylan — Eng yaxshi operatorlik ishi

Iqlimler (2006)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

43. Antaliya kinofestivali, 2006-yil

  • Eng yaxshi Sinnefect laboratoriyasi
  • Eng yaxshi ovoz operator (Ismail Karadaş)
  • Eng yaxshi tahrir (Ayhan Ergursel)
  • Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa (Nazan Broken)
  • Eng yaxshi rejissyor (Nuri Bilge Ceylan)

59. Kann kinofestivali, 2006-yil

  • FIPRESCI mukofoti

26. Xalqaro Istanbul kinofestivali, 2007-yil

  • Eng yaxshi kino

Skip City xalqaro raqamli kino festivali, Yaponiya (2007-yil)

  • Eng yaxshi raqamli (dijital) film

Üç maymun (2008)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

61. Kann kinofestivali

  • Eng yaxshi rejissyor mukofoti

2. Yeşilçam mukofotlari

  • Eng yaxshi film
  • Eng yaxshi rejissyor
  • Eng yaxshi ssenariy
  • Eng yaxshi aktrisa
  • Eng yaxshi kinematografiya

41. SİYAD mukofotlari

  • Eng yaxshi tahrir
  • Eng yaxshi ayol roli
  • Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli
  • Eng yaxshi rejissyor

Osianning Cinefan filmlari festivali

  • Eng yaxshi rejissyor

Haifa kinofestivali

  • Eng yaxshi rasm (Golden Anchor)

Asian Pasific Screen Awards

  • Eng yaxshi rejissyor
  • Eng yaxshi film

„Manaki Brothers“ kinofestivali

  • Mosfilm Awards
  • Special Mention

Bir zamanlar Anadoluʼda (2011)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

64. Kann kinofestivalining hakamlar hayʼatining bosh mukofoti

Asia Pasific Screen Awards

  • Eng yaxshi rejissyor
  • Hakamlar hay’atining mukofoti
  • Eng yaxshi operatorlik ishi — Gokhan Tiryaki

67. Kann kinofestivali

  • Oltin palma yaprogʻi[12]
  • FIPRESCI mukofoti

47. Sinema Yazarları Derneği Ödülü

  • Eng yaxshi kino
  • Eng yaxshi rejissyor
  1. 1,0 1,1 „Yenice’de kolunu kıran çocuğun Cannes’daki tahtı“ (Türkçe). www.hurriyet.com.tr. 28 temmuz 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 ağustos 2021.
  2. „Nuri Bilge Ceylan'ın şifreleri“ (Türkçe). Radikal (25 mayıs 2014). 26 mayıs 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 ağustos 2021.
  3. „Katalog - Cumhuriyet Gazetesi, 1989 Yılı, 5. Ayı, 25. Günü, 7. Sayfası“. egazete.cumhuriyet.com.tr. 27 ağustos 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 ağustos 2021.
  4. „Kasaba'dan Uzak'lara“. Turkish Times (2003). 27 ağustos 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 ağustos 2021.
  5. 5,0 5,1 5,2 „The official website of Nuri Bilge Ceylan“. www.nuribilgeceylan.com. 14 temmuz 2011da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 ağustos 2021.
  6. „Nuri Bilge Ceylan'ın 9 filmi 183 ödül kazandı. Ceylan, yalnız ve güzel ülkesinin ödül rekortmeni“ (Türkçe). www.haberturk.com. 7 haziran 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 ağustos 2021.
  7. „Nuri Bilge Ceylan kimdir? (Nuri Bilge Ceylan'ın filmleri ve ödülleri)“. NTV. 9 temmuz 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 temmuz 2021.
  8. 8,0 8,1 „Nuri Bilge Ceylan“. Türk Edebiyatı İsimler Sözlüğü projesi. 19 eylül 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 ağustos 2021.
  9. NTVMSNBC, Cannes’da En İyi Yönetmen ödülü Ceylanʼın Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh., 25 Mayıs 2008
  10. „soL Günlük Siyasi Gazete - 'Yalnız ve güzel'“. arsiv.sol.org.tr. 18 haziran 2008da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 ağustos 2021.
  11. „Nuri Bilge Ceylan yeni filmi "Kuru Otlar Üstüne"nin çekimlerine başladı“ (Türkçe). T24. 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 aralık 2021.
  12. Nuri Bilge Ceylan Altın Palmiyeʼyi kazandı FIPRESCI En İyi Film Ödülü