Kontent qismiga oʻtish

Nuriddin Basir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nuriddin Basir
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi soʻfiy

Nuriddin Basir (arabcha: نور الدين بصير — Nuriddin Basir — toʻliq ismi Shayx Nuriddin Basir (vafoti. 1248-yil.) — Mashhur shayx va soʻfiy.

Nuriddin Basir „Qutbi chahordaxum“ („Oʻn toʻrtinchi qutb“) nomi bilan mashhur boʻlib, Shayx Zayniddin bobo Kuyi Orifoniyning shogirdi, xalifasi boʻlgan. „Samariya“da aytilishicha, shayxlikda tugallanib, eng soʻnggi bosqichiga mingach, yoʻlboshchisining gʻaybiy ishorati yuzasidan, onasi bilan birga No‘jkent (Toshkent yaqinidagi qishloq)dan Samarqandga koʻchib kelgan. Undan „Sizning zamoningizda qutb kimdir?“, deb soʻralganda: „Birodarim Abdulloh oʻn uchinchi qutbdir, biz oʻn toʻrtinchimiz“, deb javob bergan. „Basir“ atalishiga sabab, u onadan so‘qir tugʻilgan boʻlsa ham valiylikning nuri bilan barcha koʻrguliklarni koʻrar edi. Uning qabri Samarqandning Chokardiza qabristonida, Novadon arigʻi boʻyida joylashgan[1].

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 488.