Nuriddin Jabborov
Jabborov Nuriddin Muhiddinovich | |
---|---|
Tavalludi |
1979-yil Buxoro tumani, Buxoro viloyati |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2024) |
Kasbi | iqtisodchi |
Faoliyat yillari | 1998 — hozirgacha |
Jabborov Nuriddin Muhiddinovich — oʻzbek iqtisodchisi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi V chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati[1]. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nuriddin Jabborov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini buxgalteriya hisobi va moliya ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1998-yilda Buxoro tumani hokimligi bo‘lim hisobchisi lavozimidan boshlagan. 2001-2010-yillarda Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i - bosh hisobchisi, 2012-2017-yillarda esa Buxoro viloyati G‘aznachilik boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlagan. 2021-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan. 2023-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 63 nafari qayta saylandi. Ro‘yxat“. Gazeta.uz. Qaraldi: 2-noyabr 2024-yil.
- ↑ „JABBOROV NURIDDIN MUHIDDINOVICH“. https://saylov.uza.uz/.+Qaraldi: 2-noyabr 2024-yil.