Nuriddinov Mahmudxo'ja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

NURIDDINOV Mahmudxoʻja Nizomovich – 1949-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi O'zMU) sharq fakultetining 1972-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-arabshunos, falsafa fanlari doktori.

1972 – 1974-yillar Suriya Arab Raspublikasida tarjimon; 1975 –1977-yillar ToshMI “ Bilim ” jamiyati masʼul kotibi; 1977 – 1980-yillarda OʻzFA Falsafa va huquq instituti aspiranti; 1981-yildan shu institutning falsafa tarixi sektorida avval kichik va 1983-yildan katta ilmiy xodim; orada 1988 – 1991-yillar Suriya Arab Respublikasida tarjimon; 1992 – 1995-yillar Falsafa va huquq instituti doktoranti; 1995 – 1997-yillar OʻzFA SHIda katta ilmiy xodim, boʻlim mudiri, 1997 – 1999-y. – Xalqaro islomshunoslik tadqiqotlari Markazi direktori; 2000-yildan yetakchi ilmiy xodim. 2005-yilda AQSHda xizmat safarida; Oʻzbekistonga qaytganidan soʻng shu kungacha Toshkent Vrachlar Malakasini oshirish instituti “ Ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy tillar ” kafedrasining mudiri sifatida ishlab kelmoqda. 2018-yilning fevralidan sentyabr oyigacha Xalqaro Islom Akademiyasining “ Qurʼonshunoslik va Hadisshunoslik ” kafedrasiga mudirlik qiladi. Kafedra tugatilgach, yana mazkur institutga qaytib, faoliyatini davom ettirmoqda.

Ilmiy yoʻnalishi – falsafa tarixi, manbashunoslik, islomshunoslik. 30 dan ortiq kitob, 400 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi ( La-Sapenza. – Italiya, Rim – 2001). AQSH, Italiya, Turkiya, Saudiya Arabistonida ilmiy safarlarda boʻlgan (1999 – 2003).

Asosiy ilmiy ishlari:

Nomz. diss. mavzusi: “ Yusuf Qorabogʻiyning hayoti va falsafiy qarashlari ”. – Toshkent, 1981.

Dokt. diss. mavzusi: “ Oʻrta Osiyoda XVI – XVII asrlardagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixidan ”. – Toshkent, 1994.

1. Istochniki po istorii kulturы i obщestvennoy mыsli Sredney Azii iz fonda Instituta vostokovedeniya AN Uzbekistana // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Tashkent: Fan, 1985. – №6. – S. 53 – 55.

2. Recheniya, ispolzuyemыe v logike // Abu Nasr al-Farabi. Issledovaniya i perevodы. – Tashkent, 1986. – S. 166 – 176.

3. Yusuf Qorabogʻiy va XVI – XVII asrlarda Oʻrta Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr. – Toshkent: Fan, 1991. -124 b. 4. Iz istorii vzaimovliyaniya obщestvenno-filosofskoy mыsli Sredney Azii i Indii v XVI – XVII vv. // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Tashkent, 1992. – №56. – S. 44 – 48. 5. Temuriylar tarixi – xalqimiz tarixidir // Fan va turmush. – Toshkent, 1992. – №11. -12. - B.12 – 14. 6. K izucheniyu tvorcheskogo naslediya Mirzadjana Shirazi // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Tashkent, 1994. – №3 – 4. – S. 72 – 76. 7. Iz istorii obщestvenno-filosofskoy mыsli Sredney Azii XVI – XVII vv. – Tashkent, 1996. - 216 s. 8. Aql chirogʻi. – Toshkent, 1998. – 80 b. 9. Islam i jizn. – Tashkent, 1999. – 87 s. 10.Tafakkur shuʼlalari yoxud islomshunoslikning dolzarb masalalari. – Toshkent: Movaroannahr, 1998. – 80 b. 11.Libos va hijob. – T.: Movaroannahr, 1999. – 28 b. 12. Burhoniddin al-Margʻinoniy. “Al-Hidoya” / arab tilidan tarjima. – Toshkent, 2000. – 848 b. 13.Iz istorii stanovleniya nauk na musulmanskom vostoke. – T.: ToshDSHI granti boʻyicha ADAD PLYUS masʼuliyati cheklangan jamiyat bosmaxonasi, 2015. – 133 b. 14.Oʻrta asrlar sharq falsafiy tafakkuri tarixidan (yoki Islom ilohiyotshunosligi asoslari). – T.: ToshDSHI granti boʻyicha BROK CLASS SERVIS masʼuliyati cheklangan jamiyat bosmaxonasi, 2015. – 242 b. 15.Filosofiya Maverannaxra XVI-XVII vekov. – T.: ToshDSHI granti boʻyicha ADAD PLYUS masʼuliyati cheklangan jamiyat bosmaxonasi, 2015. – 363 b. 15. Ibn Miskavayh. – T.: ToshDSHI granti boʻyicha BROK CLASS SERVIS masʼuliyati cheklangan jamiyat bosmaxonasi, 2015. – 75b. 17. Oʻzbekiston falsafasi tarixi. II jild. – T.: MUMTOZ SOʻZ. II-qism: 2.1.; 2.2.; 2.7., 2.8., 2.9. – B. 198-270, 404-456. – hammmualliflikda

Mohinabonu, [11.12.2022 22:43] 18. Qurʼon moʻjizalari-1. – T.: Toshkent islom universiteti, 2018. – 80 b. 19. Qurʼon moʻjizalari-2. – T.: Toshkent islom universiteti, 2018. – 96 b. 20. Qurʼon maʼnolarining arab tilidan ilmiy-izohli akademik tarjimasi. – Germaniya: GlobeEdit, 2018. – 562 b. 21. Xutba. Qayta ishlangan va toʻldirilgan ikkinchi nashr. – T.: Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Zilol Buloq” nashriyoti, 2020., – 320 b. 22. Qurʼoni karim soʻz va iboralarining arabcha-oʻzbekcha ilmiy-izohli muxtasar lugʻati. – AQSH: Amazon kompaniyasi, 2020. – 377 b. 23. The philosophical thought of Maverannahr in the 16-17 centuries. – AQSH: Amazon kompaniyasi, 2020. – 267 b. – ingliz tilida.