Kontent qismiga oʻtish

Nurilla Chori

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nurilla Chori
Tavalludi 1983-yil, 8-mart
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston Milliy universiteti
Kasbi Yozuvchi
Faoliyat yillari 2007—2018-yillar
Dini islom

Nurilla Chori – 1983-yil 8-martda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida joylashgan Izilloq qishlogʻida tavallud topgan[1].

Nurilla Chori 2003-yildan boshlab Oʻzbekiston Milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil olib, 2007-yil oliy taʼlimni tamomlagan.

Nurilla Chori ilk faoliyatini 2007—2011-yillarda „Yosh kuch“ jurnalida muharrir sifatida boshlagan[2]. Uning birinchi „Loʻlitopmaslik chol“ hikoyasi ilk bor 2010-yilda „Yoshlik“ jurnalining 1-sonida nashr etilgan edi. Shundan soʻng yozuvchining bir qancha hikoya va esselari, jumladan, „Qizgʻaldoq“, „Boʻron tingan kecha“, „Unutilgan kishi“, „Yoʻl qarayotgan kishi“ kabi asarlari respublikaning „Yoshlik“ jurnalida, „Jannat Makon“, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ nashrlarida chop etila boshladi. „Boʻron tingan kecha“ hikoyalar toʻplami 2014-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qarashli „Ijod“ jamoat fondi tomonidan nashr etilgan. Nurilla Chorining „Tashvishi yoʻq odamlar“ hikoyasi 2015-yilda „Yoshlik“ jurnalining 7-sonida birinchi marta nashr qilingan. 2019-yilda esa shu hikoya nomi ostida Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot tomonidan „Asrimiz umidlari“ ruknida „Tashvishi yoʻq odamlar“ toʻplami nashrdan chiqqan.

Nurilla Chori 2018-yilga kelib Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo sifatida qabul qilingan.

Uning esse va hikoyalari „Oltin koʻprik“ (2010), „Seni yaxshi koʻramiz, Oʻzbekiston“ (2016), „Bugunning nafasi“ (2017) singari almanax va toʻplamlarga kiritilib, nashr etilgan[3].

Nurilla Chori 2021-yilda oʻtkazilgan „Oltin qalam“ XV Milliy mukofotida „Eng yaxshi jurnalistik material uchun“ yoʻnalishi boʻyicha 3-oʻrin sohibi boʻldi[4]. Yozuvchi hozirgi kunda „Mahalla“ gazetasida faoliyat yuritmoqda, shuningdek, „Yoshlik“ jurnali bosh muharriri ham hisoblanadi[5].

  • „Boʻron tingan kecha“ (hikoya)
  • „Qizgʻaldoq“ (hikoya)
  • „Loʻlitopmaslik chol“ (hikoya)
  • „Unutilgan kishi“ (hikoya)
  • „Yoʻl qarayotgan kishi“ (hikoya)
  • „Tashvishi yoʻq odamlar“ (hikoya)
  1. Nurilla, Chori. Qashqadaryo adiblari. Toshkent: „Oltin nashr“ nashriyoti, 2020 — 488-bet. ISBN 978-9943-6333-0-8. 
  2. „Нурилла Чори (1983)“. ziyouz.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.
  3. [ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/nurilla-chori-1983 „Nurilla Chori (1983)“]. ziyouz.com. Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.
  4. „«Oltin qalam» XV mukofotining barcha g‘olib va sovrindorlari“. xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.
  5. „Yozuvchi Nurilla Chori “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi“. oyina.uz. 2024-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.