Nurota astragali
Nurota astragali | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Astragal |
Oila: | Burchoqdoshlar |
Nurota astragali — Samarqand va Navoiy viloyatlari Nurota togʻ tizmasida uchrovchi oʻsimlik. Ikki urugʻpallalilar sinfi Burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga mansub koʻp yillik oʻt oʻsimlik[1]. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga endemik tur sifatida kiritilgan.
Botanik tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hayotiy shakli koʻp yillik. Ildizi oʻq ildiz tizimiga ega. Poyasi sershox va yogʻon, uzunligi 8-15 sm, ustki tomoni siyrak, xurpaygan tuk bilan qoplangan, tuklari vaqt o‘tgandan keyin toʻkilib ketadi. Barglarining soni 4—6 juft, yuqori qismi toʻmtoqroq, shakli teskari yuraksimon, uzunligi 1-2 sm, koʻproq poyaning yuqori qismida joylashadi. Gullari ikki uyli, changchili va urugʻchili gullar alohida oʻsimliklarda hosil boʻladi. Gulpopugi siyrak, 5-10 gulli. Gultojibargi och sariq rangli. Yakka-yakka holda oʻsadi. Mevasi ko‘pchilik burchoqdoshlarniki singari dukkak meva, uzunligi 10—20 mm, bir tomon uchi oʻtkir, usti siyrak, xurpaygan tuk bilan qoplangan. Urug‘i quloqsimon shaklda, ikki tomondan siqilgan, uzunligi 5 mm, sirti silliq, rangi toʻq jigarrang. Iyun oyida gullab, mevasi iyulda pishadi. Urug‘i orqali jinsiy yoʻl koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samarqand va Navoiy viloyatlari: Nurota togʻlarining Oqtogʻ tizmasida tarqalgan. Koʻproq togʻlarning oʻrta va pastki qismlarida, toshli yonbagʻirlar va qoyalarda oʻsadi[2]. Kamayib ketish sababi aniqlanmagan. Chorva mollarini koʻplab boqilishi natijasida oʻsish hududi kamaygan degan taxminlar bor. Oʻsimlik Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Astragalus nuratensis“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi I qism, 2019 — 362-bet.