Nurota marmar koni
Nurota marmar koni - Gʻozgʻon shaharchasi yaqinidagi kon, Navoiy viloyatining Nurota shahridan 3 km gʻarbda, Navoiy shahridan 90 km masofada joylashgan. Kon togʻ etagidagi marmar katlamidan iborat. 1972-yildan qazib olinmoqda. Marmar oʻrta va yirik kristal-li, rangi okdan kulranggacha. Ajratib olinadigan marmar bloklarida darzliklar yoʻq, meʼyorida yumshoq; har 1m3 dan 16—18 m2 dan koʻproq marmar pli-talari olinadi. Nurota marmar konik.ning zaxiralari 1700 ming m3 miqdorida baholangan. Nurota marmar konik.dan olingan marmar plitalarining sifati va chiroyli ranglari uchun Nurota marmari Parijda boʻlgan xalqaro koʻrgazmada (2000-yil) Katta oltin medal bilan taqdirlandi. Nurota marmar konik.da yiliga 3,5 ming m3 atrofida (2000-yil) marmar bloklari qazib olinadi.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |