Kontent qismiga oʻtish

Nurpeyis Boygʻonin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nurpeyis Boygʻonin (1860-yil, Axtyube viloyati Boygʻonin tumani — 9-aprel 1945-yil) — Qozoq xalq oqini, yirik jirov. Kozogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼatarbobi (1939). Yoshligidan ovullarda oʻlanlar aytgan, 17 yoshidayoq "bola jirchi" nomini olgan. "Qoʻblandi", "Er Targʻin", "Toʻraxon" kabi xalq dostonlarini, ayniqsa botirlik jirlarini yaxshi bilgan. Oʻz termalarida hayotni, doʻstlik, botirlik, insonparvarlik va mehnatni ulugʻlagan. Oqinning "Kubugul", "Norqiz", "Alpamis", "Oqkenja", "Qiz Jibek", "AymanSholpan", "Toʻraxon" va boshqa dostonlarida qozoq xalqining hayoti haqiqiy aks ettirilgan. Nurpeyis Boygʻoninning "Oʻzbekiston" sheʼrida Oʻzbekistonning goʻzal tabiati, oq koʻngil, mehnatsevar odamlari kuylanadi.[1]

  1. "Boygʻonin Nurpeyis" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil