Nusrat Rahmat
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nusrat Rahmat | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
3-iyul 1941-yil Qo‘shmachit qishlog‘i, Samarqand viloyati Oʻzbek Sovet Sotsialistik Respublikasi |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Kasbi | Publitsist, yozuvchi va jurnalist |
Dini | islom |
Mashhur ishlari | Men kashf etgan Hindiston maqolasi va Omadsizlik hikoyasi |
Maʼlumoti | oliy |
Unvoni | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist |
Nusrat Rahmat — oʻzbekistonlik publitsist, yozuvchi va jurnalist. 2004-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist unvoni bilan taqdirlangan[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1941-yilning 3-iyul kuni Samarqand tumanida joylashgan Qo‘shmachit qishlog‘ida tavallud topgan[1]. „Lenin yo‘li“ gazetasida ishlagan, „Qishloq haqiqati“ gazetasining Samarqand, Buxoro viloyatlari boʻyicha muxbiri boʻlgan. Keyin Toshkentga koʻchib „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi[2],"Mehnat" nashriyoti, Oʻzbekiston tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasida xizmat qilgan[3].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nusrat Rahmatning ilk kitobi 1975-yilda „Agar tabiatni sevsangiz“ nomi ostida bosib chiqariladi. Keyinchalik adibning „Chanqovuz“, „Olis-olis so‘qmoqlar“, „Dasht“, „Zamondosh o‘ylari“, „Selektsiya mo‘jizasi“, „So‘qmoqlar va saboqlar“ kabi yigirmadan ortiq hikoya va ocherklardan tashkil topgan kitob va kitobchalari dunyo yuzini koʻradi[4]. Bundan tashqari „Taqdimot“ sheʼrlar toʻplami, „Fojia“ deb nomlangan hikoyalar to‘plami, shuningdek, „Men muxbirman“, „Men redaksiyadanman“, „Eng ashaddiy kallakesar“, „Asqad Muxtor dedilar“ singari kitoblari ham allaqachon xalqimiz qalbini zabt etgan. Nusrat Rahmat faqatgina bu bilan cheklanib qolmasdan gazeta, jurnal va hatto internet saytlarida[5] yuzdan ortiq maqolalarini chop ettirgan. Bu esa uning xalqimizning jonkuyar farzandlaridan biri ekanligini isbotlaydi. Shunday buyuk xizmatlari sababli Nusrat Rahmat 2004-yilda „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist“ unvoni bilan taqdirlanadi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Nusrat Rahmat (1941)“. ziyouz.com. Qaraldi: 9-aprel 2023-yil.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ http://nusratrahmat.blogspot.com/
- ↑ https://zarnews.uz/uz/post/nusrat-rahmat-jadidlar-safida-turib
- ↑ https://kh-davron.uz/tag/nusrat-rahmat