Nuttallioz
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nuttallioz — toq tuyok/sh hayvonlar, asosan, otlarda uchraydigan protozoy kasalligi. Qoʻzgʻatuvchisi eritro-sitlarda parazitlik qiluvchi bir hujayrali Nuttallia equi organizmlari. N.ni kanalar tarqatadi. Kasal hayvonning harorati koʻtariladi, boʻshashadi, ishtahasi yoʻqoladi, shilliq pardalari sargʻayadi. Qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdori kamayadi. Ka-sallik 2—6 haftagacha, baʼzan undan ortiqqa choʻziladi. Tashhis klinik belgilar va qonda qoʻzgʻatuvchining topilishiga qarab qoʻyiladi.
Davolash: flavakridin, piro-plazmin (akarpin), azidin, sulfantrol va boshqa dori-darmonlar qoʻllanadi.
Oldini olish: N. kasalligini tarqatuvchi iksod kanalarini yoʻqotish.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |