O'sh tojiklari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O'sh tojiklari- O'sh shahri va uning atrofida yashochi tojik millatiga mansub aholi. Ular O'sh shahriga Qo'qon xonligining dastlabki va o'rta davrlarida kirib kelishgan. Asosiy sabab savdo edi. Tojiklar Farg'ona vodiysining barcha yirik shaharlari(Andijon,Marg'ilon,Xo'jand,Namanagan,Farg'ona)da kam sonli guruhni tashkil etgan holda uchraydilar. Boburnoma va boshqa yirik asarlarda vodiy hududida Eroniy xalqlar yashaganligi haqida ma'lumotlar bor. O'sh tojiklari asosan yerlik o'zbeklar singari savdo-sotiq, kichik tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug'ullanib kelganlar. XIX-XX asrlarda ham O'shga tojikalrning ko'chib kelishi to'xtab qolmagan. Bu shaharga asosan qishloq joylardan tojiklar(boshqa millatlar singari) ko'chib kelganlar. Xususan, Marhamat, Asaka, Qizilqiya va Botkenlik tojiklar shular jumlasidan. Tojiklar tog' yon bag'rida yashovchi xalq bo'lgani uchun ham O'sh shahrini afzal ko'rishgan. Sababi O'sh shahri tog'li shahardir. Vodiyning boshqa yirik shaharlarida bunday tog' oldida joylashmagan. Satatistikaga qaraganda 1924-yilda O'sh shahrida 1000 dan ortiq tojik yashagan bo'lsa, 2009-yilda 679 kishini tashkil etadi. Bu ko'rsatkich 2023-yili o'zgardi, shaharda tojiklar soni ortib, 818 kishini tashkil etdi va bu aholining taxminan 0,30% ga to'g'ri keladi. Hozirda shahar atrofida ham tojiklar mavjud bo'lib, O'sh viloyatida ularning umimiy soni 2020-yili 5000 dan ortadi.

O'sh shahri tojiklari soni
Yil Soni
1924 1000dan ko'p
1989 1200
2009 679
2023 818