Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati
Qiyofa
(O'zbekiston adabiyoti va san'atidan yoʻnaltirildi)
Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati | |
---|---|
Turi | ijtimoiy-adabiy gazeta |
Asos solingan | 1956-yil 4-yanvar |
Bosh muharrir | Humoyun Akbarov[1] |
Bosh ofisi | Toshkent shahri, Matbuotchular ko‘chasi, 32-uy |
Adadi | 1188 |
Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati — haftalik ijtimoiy-adabiy gazeta. Muassislari: Oʻzbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gazetaning ilk soni 1956-yil 4-yanvarda "Oʻzbekiston madaniyati" nomi bilan haftada ikki marta chiqqan. 1981-yildan beri hozirgi nomda koʻpaytirilgan hajmda (8 bet) chop etiladi. Gazetaga Odil Yoqubov, M. Muhamedov, R.Fayziy, Vohid Zohidov, Laziz Qayumov, Asqad Muxtor, Sirojiddin Sayyid, O‘ktam Mirzayor[2], Salim Ashur kabi yozuvchi va shoirlar turli davrlarda muharrirlik qilgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ https://xabar.uz/uz/post/ozbekiston-adabiyoti-va-sanati-gazetasiga-ya
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2020-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-mart.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |