Odil Yoqubov
Odil Yoqubov | |
---|---|
Tavalludi |
20-oktyabr 1926-yil |
Vafoti |
21-dekabr 2009-yil (83 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Odil Yoqubov (1927-yil 20-oktyabr — 2009-yil 21-dekabr) – oʻzbek sovet yozuvchisi, davlat va jamoat arbobi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1927-yili Qozogʻistonning Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlogʻida ziyoli oilada tugʻilgan.
Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta koʻrsatib, Yaponiya frontiga joʻnagan. 1945-yildan 1950-yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda boʻldi.
1951–1956-yillar mobaynida Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Milliy universitet)da taʼlim olgan.
„Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekiston boʻyicha muxbiri, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri va boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1955–1959), „Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekistondagi maxsus muxbiri (1959–1963; 1967–1970), „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi va Oʻzbekiston davlat kinematografiya qoʻmitasida bosh muharrir (1963–1967), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari (1970–1982), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri (1982–1987), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi (1987–1991), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi raisi va ayni vaqtda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining birinchi vitse-prezidenti boʻlgan. 2009-yil 21-dekabrda Toshkentda vafot etgan. Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan[1].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odil Yoqubovning „Er boshiga ish tushsa…“, „Ulugʻbek xazinasi“, „Diyonat“, „Koʻhna dunyo“, „Oq qushlar, oppoq qushlar“, „Adolat manzili“ asarlari oʻzbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin boʻldi. Yoqubov qalamiga mansub „Chin muhabbat“, „Olma gullaganda“, „Yurak yonmogʻi kerak“, „Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim“, „Fotihi Muzaffar yoxud bir parivash asiri“, „Bir koshona sirlari“ kabi dramalar oʻzbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar ijodiga bagʻishlangan adabiy portret va maqolalari bor. Asarlari chet tillarga, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Odil Yoqubov mohir tarjimon, munaqqid, publitsist sifadida ham nom qozongan. Yoqubov ijodi haqida adabiyotshunoslar Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, Leonid Terakoyan, Umarali Normatov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari qilishgan[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1946-yilda „Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali berilgan.
1976-yilda Mehnat Qizil Bayroq ordeni berilgan.
1977-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti berilgan.
1985-yilda Vatan urushi 2-darajali ordeni berilgan.
1985-yilda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
1986-yilda Mehnat Qizil Bayroq ordeni berilgan.
1994-yilda Doʻstlik ordeni berilgan[3].
1998-yilda El-yurt hurmati ordeni berilgan[4].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O. Yoqubov. Saylanma (3 tomlik). Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985-1987.
- O. Yoqubov. Diyonat. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xudoyberganov N. Parvoz davom etadi. Toshkent, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980.
- Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000.
- Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Как выглядят "престижные кладбища" Центральной Азии. Фоторепортаж“. 2022-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 1994 года № УП-939 «О награждении в связи с 3-й годовщиной провозглашения независимости Республики Узбекистан
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2074 «О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просветительства, средств массовой информации и социальной сферы
- 20-oktyabrda tugʻilganlar
- 1926-yilda tugʻilganlar
- Turkistonda tugʻilganlar
- 21-dekabrda vafot etganlar
- 2009-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekiston xalq yozuvchilari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Ostona medali sohiblari
- Oʻzbekistonlik yozuvchilar
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari
- Sovet yozuvchilari