Kontent qismiga oʻtish

Oļegs Karavajevs

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oļegs Karavajevs
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 13-fevral 1961-yil
Tavallud joyi Barnaul, RSFSR, Soviet Union
Vafot sanasi 6-oktyabr 2020-yil(2020-10-06)
(59 yoshda)
Vafot joyi Germaniya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979–1980 Alga Frunze 18 (0)
1981 Paxtakor Toshkent 0 (0)
1982–1983 Alga Frunze 30 (0)
1984 Qayrat Almaty 2 (0)
1985–1986 SKA Khabarovsk 88 (0)
1987–1988 Daugava Rīga 69 (0)
1989–1990 Fakel Voronezh 80 (0)
1990–1992 OFK Belgrade 29 (0)
1993 Olimpija Rīga 2 (0)
1993–1994 Evagoras Paphos 0 (0)
Milliy terma jamoa
1992–1999 Latvia 38 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oļegs Karavajevs (1961-yil 13-fevral — 2020-yil 6-oktyabr) — latviyalik professional futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. U 1990-yillarda Latviya terma jamoasida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan darvozabon boʻlgan.

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barnaulda tugʻilgan[1]. Karavajevsning birinchi klubi Qirgʻizistonning "Alga Frunze" (oʻsha paytda hali Sovet Ittifoqi tarkibida) boʻlib, Karavajevs 1979-yilda 18 ta oʻyin oʻtkazgan. Karavajevs 1981-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubida qisqa qisqa muddat faoliyat olib borgan va asosiy jamoa tarkibida maydongga tushmagan. Keyinchalik Alga jamoasiga qaytib, 1984-yilgacha „Frunze“ jamoasida qolgan. Keyinchalik "Qayrat" jamoasida ham qisqa muddat oʻynagan ammo Karavajevs 1985-yilda „SKA Xabarovsk“ klubiga oʻtib, SSSR Birinchi Ligasida jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan. SKA bilan ikki mavsum davomida 88 oʻyin oʻtkazgan. 1987-yilda Daugava Riga jamoasiga oʻtishga taklif qilingan va u yerda Aleksandr Kulakovsdan birinchi raqamli darvozabon oʻrnini tortib olgan.

1987-yilda „Daugava“ jamoasi Karavajevsning muntazam yaxshi oʻyinlari bilan deyarli Sovet oliy ligasiga chiqishga muvaffaq boʻldi, ammo 1988-yilda klubning oʻyini pasayib ketdi va Karavajevs Valeri Shantalosov bilan oʻz pozitsiyasi uchun kurash olib borishga majbur boʻlgan[2].

1988-yilda Karavajevs „Daugava“ jamoasidan Fakel Voronej klubiga oʻtgan. Ikki mavsum davomida u Fakelning eng yaxshi darvozaboni boʻlgan. Keyinchalik chet elga ketgan va Serbiyaning OFK Belgrad klubiga qoʻshilgan. Oʻsha davrda Yugoslaviya Birinchi ligasida oʻynagan. Yugoslaviyada oʻynab yurganida uning ismi yozilgan va Oleg Karavajev deb atalgan[3].


Keyingi davrda Karavajevs Kiprga keldi va u yerda 1993/1994-yillarda Evagoras Pafos jamoasida oʻynagan. U yerdan uning qadamlari Germaniyadagi Carl Zeiss Jena va FSV Zwickauga olib keldi[4][5].

Xalqaro martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hammasi boʻlib 1992-yildan 1999-yilgacha Karavajevs Latviya terma jamoasi safida 38 ta oʻyin oʻtkazgan[6]. U hech qachon Latviya terma jamoasining 100% birinchi darvozaboni boʻlmagan, chunki u 1990-yillarda Latviya terma jamoasining tayanch klubi boʻlgan Skonto FCda oʻynagan Raymonds Layzans timsolida juda kuchli raqibga ega edi. Karavajevs Latviya terma jamoasi safida bir qancha tarixiy oʻyinlarda qatnashgan. Oʻsha davrda u Yevro-1992 gʻolibi Daniya va Yevropaning eng kuchli terma jamoalaridan biri Ispaniyaga qarshi durang oʻynagan. U Latviya terma jamoasi safida 1999-yilda Gretsiya va Albaniyaga qarshi ikkita golsiz durang oʻynagan[7].

Karavajevs 2020-yil 6-oktyabrda Germaniyada 59 yoshida vafot etdilar[8][9].

  1. „История команды "Алга": Вратарь из Кыргызстана“. vb.kg. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
  2. Karavajevs statistics in Soviet leagues
  3. Tempo (Serbia magazine) (16 October 1991), Tempo magazine #1338 (Serbo-Croatian), 2–3-bet
  4. „Oleg Karavajew“. Fussball Portal. Qaraldi: 2008-yil 27-oktyabr.
  5. „Player profile“. National-Football-Teams.com.
  6. „Oļegs Karavajevs“. National-Football-Teams.com.
  7. Latvia national team statistics from 1999
  8. „Karavajevs, the former goalkeeper of the Latvian national football team, has passed away“. world-today-news.com. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
  9. „Умер бывший вратарь сборной Латвии по футболу“ (ru). rus.tvnet.lv (2020-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 20-fevral.