Kontent qismiga oʻtish

Oʻlan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻlan, oʻlang — xalq ijodi janri; qoʻshiq turi. Dehqon, ayniqsa, koʻchmanchi, yarim koʻchmanchi chorvador xalqlar (oʻzbek, qozoq, turkman va boshqalar) aholisi orasida keng tarqalgan. Asosan, ayollar tomonidan childirma (doira) joʻrligida yoki joʻrsiz ijro etiladi. Oʻzbeklarda toʻy marosimi va bazmlarda qizlar bir tomon, yigitlar bir tomon boʻlib yoki ikki kishi tomonidan dialog shaklida ham aytiladi. Baʼzan savoljavobli qoʻshiqlar ham Oʻ. deb ataladi. Oʻ.da xalqning orzuumidlari, qaygʻu va shodlik kayfiyatlari oʻz ifodasini topgan, ishqmuhabbat mavzusi esa asosiy oʻrin egallaydi. Hajviy Oʻ.lar ham keng tarqalgan. Har bir toʻy marosimiga xos Oʻ.lar mavjud (beshik toʻy Oʻ.i, nikoh toʻyi Oʻ.ni va boshqalar). Oʻ. kuylari tor diapazonga, nutqsosh (rechitativ) va kuychan ohanglarga ega boʻlib, ravon usulda aytiladi. Lirik, jozibali, band yoki bandnaqarot shaklida boʻladi. Oʻ. "Yoryor" qoʻshiqlariga yaqin boʻlib, ayrim Oʻ.larda har bir misra "yoryor" radifi bilan aytiladi (bu namunalar doʻmbira yoki doira joʻrligida ijro etiladi). Qozoq va turkman Oʻ.lari, asosan, kuychan ohangda, baʼzan oʻynoqi xarakterga ega boʻlib, yakka ijrochi yoki ayollar jamoasi tomonidan ijro etiladi.

Rustambek Abdutayev.