Kontent qismiga oʻtish

Oʻlcham

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻlcham — narsaning katta-kichikligi va hajmini ifodalaydigan raqam. Chiziqli, hajmiy, burchakli, ichki, tashqi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Narsalarning vazni (massasi) ga doir raqamlar oʻlchovlar (mas, ogʻirlik oʻlchovi) deb ataladi. Chiziqli Oʻ. narsaning uzunligi, eni, qalinligini bildiradi. Asosan, mm, sm va m bilan oʻlchanadi. Hajmiy Oʻ. narsaning hajmini bildiradi. Asosan, mm3, sm3, dm3, m³va l (litr) bilan oʻlchanadi. Burchakli Oʻ. (toʻgʻri, oʻtkir va oʻtmas) burchaklarning katta-kichikligini bildiradi. Gradus bilan oʻlchanadi (G = 60’ = 3600"; bu yerda ʻ — burchak minutlari, " — burchak sekundlari). Ichki va tashqi Oʻ.lar narsa (mas, quvur) ning ichki diametrini (katta-kichikligini) bildiradi. Asosan, mm, sm va m bilan oʻlchanadi.