Oʻlmas Olloberganov
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
O’lmas Olloberganov (1971-yil 25-iyulda tug'ilgan) — taniqli o'zbek ijrochisi va musiqachisi. O'zbekistonda jonli ijroning yetakchi xonandasi.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]O’lmas Olloberganov 25-iyul 1971 yilda Buxoro viloyati Kogon shahrida tug’ilgan (mashhur xonanda, sozanda hamda boshlovchi). Otasi Ollobergenov Xudoyor – oliy toifalik veterinar, Onasi Bozorova To’ybibi – oliy toifalik nemis tili o’qituvchisi.
O’lmas Olloberganov yoshligidan musiqaga bo’lgan qiziqishi tufayli o’rta maxsus ta’lim maktabida o’qib yurganidanoq musiqa bilim yurtida “qashqar rubobi” cholg’u asbobida ham ta’lim olgan, 1990 yilda O’zbekiston Davlat Konservatoriyasiga imtiyozli ravishda o'qishga kirib 1995 yilda tamomlagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]O’z faoliyatini 1990 – yilda boshlagan. Xalqqa “Qurbon olam”, “Kutaman”, “Parizod”, “Azizim”, “Go’zalsan” deb nomlangan qo’shiqlari bilan mashhur. O’zbekistonda Jonli ijro bo’yicha yetakchi xonanda.
O’qish davomida 1990 – yilda xonandalar va sozandalar o’rtasida bo’lib o’tgan XI Respublika ko’rik tanlovida imtiyozli diplom va laureat unvoniga, 1991 – yil maqom ijrochilari I mintaqa ko’rik tanlovida II darajali diplomi va laureat unvoni bilan taqdirlangan. Ustozlari O’lmas Rasulov, Fattaxon Mamadaliyev va bir qancha ustozlardan taxsil olib 1995 – yilda O’zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi maqom ijrochilarining Yunus Rajabiy nomidagi xalqaro tanlovida I darajali diplom va laureat unvoni bilan taqdirlangan. 1997 – yilda Samarqand viloyatida “Xoji Abdulaziz Abdurasulov” nomidagi I Respublika xonandalar tanlovida I - o’rin soxibi bo’lgan hamda juda ko’plab festeval va ko’rik tanlovlarda qatnashgan. 2018 – yil American Sephardi Federatsiyasi tomonidan Shoshmaqom laureati unvoni bilan taqdirlangan. 2021 – yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O’zbekiston Respublikasi “ Mustaqilligining 30-yilligi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
1996 – yilda Turkiyada “O’zbekiston kunlari” festevalida;
1999 – yilda Fransiyada “O’zbekiston kunlari” festevalida;
2001 – yilda London, AQSH davlatlarida “Ozbekiston kunlari” festevalida milliy san’at namoyishida
2002 – yilda Yaponiyada “O’zbekiston kunlari” festevalida;
2010 – yilda Ozarbayjon Respublikasida “O’zbekiston yoshlari” kuniga;
2014 – yilda Fransiyada “Xalqaro tinchlik kuni”;
2015 – yil AQSH da “Navro’z” festevalida;
2017 – yil Tojikiston Respublikasida “ Do’stlik munosabati” nomli konsert dasturida;
2017- yil Isroil Davlatida “Buxoro Yaxudiylari” butun dunyo kongressida maqom kechasida;
2018 – yil AQSHda Yunus Rajabiy nomidagi IV xalqaro shoshmaqom festevalida hamda juda ko’plab shunga o’xshash festival va konsertlarda faol qatnashgan.
32 yillik ijodi davomida 200 dan ortiq qo’shiqlar yozgan hamda bir nechta musiqiy albomlarni xalqqa taqdim etgan. Bular 2002 – yilda “Parizod”, 2005-2006 yilda “Kutaman”, 2008- yilda “Azizim”, 2010 – yilda “ Bu xayot”, 2012-yilda “Sog’inch”, 2013 – yilda “Go’zalsan”. O’zbekiston Respublikasi Madaniyat oltin fondida 30 dan ortiq klassik mumtoz yo’nalishdagi qo’shiqlari joy olgan.
Faoliyati davomida 2006 – yil 13-14 may kunlari Turkiston san’at saroyida “Kutaman” deb nomlangan; 2012 – yil 14-15 iyun kunlari Istiqlol san’at saroyida “Bu hayot” deb nomlangan; 2013- yilda 12-13 iyun kunlari Istiqlol san’at saroyida “Go’zalsan” deb nomlangan konsert dasturlarini xalqqa taqdim etgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]O’lmas Olloberganovning rasmiy Telegram kanali
O’lmas Olloberganovning rasmiy Yutub kanali
O’lmas Olloberganovning rasmiy Instagram
Rus Vikipediyasida O’lmas Olloberganov haqidagi maqola