Oʻng qorincha
Oʻng qorincha — (ventriculus dexter) uchi pastga qaragan uch qirrali piramida shaklidagi yurak kameralaridan biri boʻlib, kichik qon aylanish doirasining boshlanuvchi qismi deyiladi. Uning devori qalinligi 5-8 millimetr hisoblanadi. Uning medial devori qorinchalar o‘rtasidagi to‘siqni hosil qilib, asosiy qismi mushakdan va yuqori boʻlmachaga yaqin qismi pardadan iborat. Uning diafragmani pay markaziga tegib turuvchi pastki devori yassi, oldingisi esa qavariq boʻlib, o‘ng qorinchaning yuqorigi keng qismida ikkita teshik bor. Orqadagi teshik o‘ng bo‘lmacha va o‘ng qorinchalar orasdagi teshik boʻlib, u orqali vena qoni o‘ng boʻlmachadan o‘ng qorinchaga o‘tadi. Oldingi o‘pka poyasining teshigi orqali qon o‘pka poyasiga o‘tib ketadi. 0‘ng bo‘lmacha va o‘ng qorinchalar orasidagi teshik ular orasidagi to‘sg‘ich yoki uch tavaqali to‘sg‘ich bilan bekilgan. To‘sg‘ich tavaqalari uchburchak shaklidagi pay qatlamcha ko‘rinishida boʻlib, ulaming asosi teshik doirasiga birikkan, qirralari esa qorincha bo‘shlig‘iga qaragan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ A. Ahmedov, X. Rasulov. Yurak, 2013 (O'zbekcha), Toshkent — 375-376 bet-bet. ISBN 978-9943-13-368-6. Qaraldi: 22-iyul 2023-yil. (Wayback Machine saytida 2023-07-21 sanasida arxivlangan)