Kontent qismiga oʻtish

Oʻpka oʻsmalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻpka oʻsmalari – klinik nuqtayi nazardan toʻqimaning patologik oʻsishi boʻlib, hayotga xavf solishi va biologik faol molekulalar mahsuloti bilan tushuntiriladi. Oʻpka oʻsmalarining 90 % ini uning raki tashkil qiladi va 45-70 yosh oraligʻida uchraydi. Ayollarda oʻpka raki sut bezi va bachadon rakidan keyin uchinchi oʻrinda turadi.

Etiologiyasi va patogenezi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rakning etiologiyasi noaniq. Lekin kelib chiqishini 70-90 % holatlarda chekish natijasida tamaki tutunining komserogen taʼsiri bilan bogʻlashadi.

Tahminiy etiologik sabablar: 1. Chekish 2. Genetik omil 3. Professional omil 4. Havo ifloslanishi va turli dori vositalarining organizmga nojoʻya taʼsiri.

Patogenez – toksik taʼsirlar hujayralarning genetik anomaliyasiga olib keladi(dominant onkogenlar faolligi va retsessiv onkogenlar inaktivatsiyasi). Bu esa oʻz navbatida birlamchi oʻsmaning nazoratsiz oʻsishiga olib keladi. DNK shikastlanishi, hujayra onkogenlarining faolligi va oʻsish omilining stimulyatsiyasi oʻsma kelib chiqishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Oʻsmaning oʻsib borishi bronx oʻtkazuvchanligi buzilishiga, bu esa bronx obturatsiyasi va oʻpkaning pastki qismlarida atelektazga sabab boʻladi.

Gistologik shakli boʻyicha: adenokarsinoma, yirik, mayda va yassi hujayrali rak; Joylashish boʻyicha: markaziy, periferik, choʻqqi; Oʻsishi boʻyicha: ekzobronxial, endobronxial, peribronxial

Rakka qarshi xalqaro uyushmaning tasnifi boʻyicha oʻpka rakining 3 ta mezoni mavjud: 1.T (tumor)-birlamchi oʻsmaning tarqalishi; 2.N (nodulus)-limfa tugunining regionar holati; 3.M (metastasis)-metastazlarning borligi yoki yoʻqligi;

Klinika 5-15% holatlarda belgilarsiz kechib, rentgenografiyada tasodifan aniqlanadi. Baʼzi bemorlarda kasallikning 1-belgisi teri qichishishi, qariyalarda dermatoz yoki ixtiozning tez rivojlangan boʻlishi mumkin. Oʻsma yiriklashib borgan sari, chap qoʻltiq osti limfa tugunlari kattalashadi. Boʻyin va koʻkrak yuqori qismi, sut bezi kollateral venalarining kengayishi, yuzda shish, giperemiya, konyuktivit kuzatiladi. Yomon sifatli oʻsmalarning kechki belgilari – tana vazni kamayishi(kaxeksiya) hisoblanadi.

Paypaslashda – shikastlangan joyda ovoz dirillashining kuchayishi; Perkussiyada – oʻsma katta boʻlsa, qisqa perkutor tovush; Auskultatsiyada – oʻsmaning endobronxial oʻsishida chegaralangan xirillashlar va susaygan nafas eshitiladi.

Labarator-asbobiy tekshirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tekshiruv asosan bronxoskopiya, KT, ultratovush va tashqi nafas faoilyatini tekshirish talab qilinadi.

Kasallikning bosqichlariga qarab simptomatik, kimyoviy va nurterapiya, jarrohlik usuli yordamida davolash olib boriladi. Oʻpka rakini radikal davolash usullaridan pulmonektomiya yoki lobektomiya hisoblanadi. Jarrohlik amaliyotidan keyin metastazga shubxa boʻlsa, nur yoki kimyoterapiya oʻtkaziladi.

  • A.Gadayev, Ichki kasalliklar, 8th.