Oʻqlogʻi
Oʻqlogʻi yoki (oʻqloq, o‘qlov, o‘qlovi) — oshxamir yoyish uchun ishlatiladigan uzun silliq tayoqcha.O‘qlovning asosiy vazifasi pishirishdan oldin xamirni yoyishdir[1].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash],,Kampir o‘qlog‘ini ko‘tarib chiqdi”. Bu sifat qadimgi turkiy tilda o‘q otining dastlabki ,,dumaloq to‘g‘ri silliq tayoq” ma’nosidan –la qo‘shimchasi bilan yasalgan fe’lga –g‘u qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan; o‘zbek tilida u unlisi i unlisiga, a unlisi ả unlisiga almashgan; (oq+la=oqla-)+g‘u=oqlag‘u>oqlảg‘i.
Bu so‘z asli ,,dumaloq” ma’nosini anglatgan, ma’no taraqqiyoti natijasida otga aylangan. Keyinchalik i unlisi talaffuz qilinmay qo‘yib, g‘ undoshi q undoshiga, q undoshi esa o‘z navbatida v undoshiga almashib, o‘qlảv shakli yuzaga kelgan: oqlảg‘i>oqlảg‘>oqlảq>oqlảv[2]. O‘qlovi o‘zbek shevalarida turlicha aytiladi. Masalan, Namangan shevasida o‘qlov “voytich” deyiladi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ma’lumotlarga ko‘ra, qadimgi odamlar taxminan 3000 yil avval tosh o‘qlovlardan foydalanishgan. O‘zbek o‘qlovilari asosan uzun, tutqichsiz tayoqcha shaklida bo‘lgan. Bugun ham 100-110 sm, diametri 2-3 smli uzun tayoqcha o‘qlovlar ishlatiladi. Dunyoning ba’zi mamlakatlarida loydan yasalgan o‘qlovlar ham ishlatilgan. XIX asrning oxirlarida Yevropada Jon Rid ismli odam tomonidan yog‘och silindrli va ikki tomonida tutqichlari bo‘lgan zamonaviy o‘qlovilar ixtiro qilingan.
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan o‘qlovining an’anaviy turlari:
1) uzun tayoqchali o‘qlov;
2) ikki qo‘lli o‘qlov;
3) bir qo‘lli o‘qlov
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Poxlebkin V.V. Zanimatelnaya kulinariya. – M.: “Legkaya piщevaya promыshlennost”, 1983.
- Baranov D.A. dr. Skalka. – M.: Iskusstvo, 2004.