Kontent qismiga oʻtish

Oʻqlogʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻqloqdan yoʻnaltirildi)
Oʻqlogʻi
Yaponcha oʻqlogʻilar

Oʻqlogʻi yoki (oʻqloq, o‘qlov, o‘qlovi) — oshxamir yoyish uchun ishlatiladigan uzun silliq tayoqcha.O‘qlovning asosiy vazifasi pishirishdan oldin xamirni yoyishdir[1].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

,,Kampir o‘qlog‘ini ko‘tarib chiqdi”.  Bu sifat qadimgi turkiy tilda o‘q otining dastlabki ,,dumaloq to‘g‘ri silliq tayoq” ma’nosidan –la qo‘shimchasi bilan yasalgan fe’lga –g‘u qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan; o‘zbek tilida u unlisi i unlisiga, a unlisi ả unlisiga almashgan; (oq+la=oqla-)+g‘u=oqlag‘u>oqlảg‘i.

Bu so‘z asli ,,dumaloq” ma’nosini anglatgan, ma’no taraqqiyoti natijasida otga aylangan. Keyinchalik i unlisi talaffuz qilinmay qo‘yib, g‘ undoshi q undoshiga, q undoshi esa o‘z navbatida v undoshiga almashib, o‘qlảv shakli yuzaga kelgan: oqlảg‘i>oqlảg‘>oqlảq>oqlảv[2]. O‘qlovi o‘zbek shevalarida turlicha aytiladi. Masalan,  Namangan shevasida o‘qlov “voytich” deyiladi[3].         

Ma’lumotlarga ko‘ra, qadimgi odamlar taxminan 3000 yil avval tosh o‘qlovlardan foydalanishgan. O‘zbek o‘qlovilari asosan uzun, tutqichsiz tayoqcha shaklida bo‘lgan. Bugun ham 100-110 sm, diametri 2-3 smli uzun tayoqcha o‘qlovlar ishlatiladi. Dunyoning ba’zi mamlakatlarida loydan yasalgan o‘qlovlar ham ishlatilgan. XIX asrning oxirlarida Yevropada Jon Rid ismli odam tomonidan yog‘och silindrli va ikki tomonida tutqichlari bo‘lgan zamonaviy o‘qlovilar ixtiro qilingan.  

Uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan o‘qlovining an’anaviy turlari:

1)   uzun tayoqchali o‘qlov;

2)   ikki qo‘lli o‘qlov;

3)   bir qo‘lli o‘qlov

  • Poxlebkin V.V. Zanimatelnaya kulinariya. – M.: “Legkaya  piщevaya promыshlennost”, 1983.
  • Baranov D.A.  dr. Skalka. – M.: Iskusstvo, 2004.
  1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”, 2006 — 192-bet. 
  2. Sh.Rahmatullayev. O‘zbek tili etimologik lug‘ati. Universitet, 2009 — 498-bet. 
  3. A.Aliyev. O‘zbek dialektologiyasidan materiallar: Namangan shevalari. Fan, 1974 — 24-bet.