Oʻratepa viloyati
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (Yanvar 2024) |
Viloyat | |
---|---|
Tegishli | Tojikiston SSR |
Tarkibida | 8 ta tuman |
Maʼmuriy markazi | Oʻratepa |
Rasmiy tillar | Tojik tili, rus tili |
Aholi | tojiklar, oʻzbeklar, ruslar |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
Maydoni | 15,9 ming[1] km² |
Xaritada | |
Oʻratepa viloyati (tojikcha: вилояти Ӯротеппа, ruscha: Ура-Тюбинская область) – 1945-yil 19-yanvardan 1947-yil 23-yanvargacha mavjud boʻlgan Tojikiston SSRdagi maʼmuriy-hududiy birlik. Leninobod viloyatining janubiy qismidan tashkil qilingan. Tyan-Shan va Hisor-Olay tizmalarida joylashgan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1947-yil 23-yanvardagi buyrugʻiga binoan viloyat tugatilgan, unga boʻysunuvchi tumanlar Leninobod viloyatiga oʻtkazilgan[2].
Maʼmuriy-markazi – Oʻratepa.
Tumanlari:
- Ganchin tumani;
- Zaxmatobod tumani;
- Kalininobod tumani;
- Kolxozchion tumani'
- Matchin tumani;
- Panjakent tumani;
- Oʻratepa tumani;
- Shahriston tumani.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Краткий политический словарь, 2-е изд., М.: Госполитиздат, 1946 — 714-bet.
- ↑ Ukaz Prezidiuma VS SSSR ot 23.01.1947 o likvidatsii Kurgan-Tyubinskoy i Ura-Tyubinskoy oblastey Tadjikskoy SSR