Oʻrik gullaganda
„Oʻrik gullaganda“ – shoir Hamid Olimjon tomonidan yozilgan mashhur sheʼr. Sheʼr koʻplab taniqli oʻzbek xonandalari tomonidan ijro etilgan boʻlib, musiqa va soʻzlari bahor ramziga aylangan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1937-yilning mart oyida Hamid Olimjon Oʻzbekiston SSRning hukumat delegatsiyasi tarkibida Qozogʻistonga borgan. U yerda tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etib, tadbir davomida „Qozogʻiston“ nomli mashhur sheʼrini yozgan va tadbir ishtirokchilariga oʻqib bergan. Hamid Olimjon Qozogʻistonda boʻlib turgan vaqtda, respublikaning oʻsha vaqtdagi poytaxti – Olmaota shahri qalin qor ostida qolgan edi. Mart oyi oxirlarida Toshkentga qaytgan shoir, hovlisiga ekilgan oʻrikning gullaganiga guvoh boʻlgan va mashhur „Oʻrik gullaganda“ sheʼrini yozgan[manba kerak].
Sheʼr „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasining 1937-yil 5-aprel sonida ilk bor eʼlon qilingan[manba kerak].
Ijro etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sheʼrni ilk bor qoʻshiq qilib kuylaganlardan biri Muhabbat Shamayevadir[1]. Qoʻshiq, shuningdek, Nasiba Abdullayeva, Malika Egamberdiyeva kabi taniqli xonandalar tomonidan ham ijro etilgan[2]. Musiqasi mashhur kompazitor Manas Leviyevga tegishlidir[3].
Matni
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Derazamning oldida bir tup Va shabboda qurgʻur ilk sahar Qancha tirishsam ham u beor Har bahorga chiqqanda yakkash, Etgan kabi goʻyo bir talab, Men yurganda bogʻlarga toʻlar Bunda tole har narsadan moʻl, Har bahorni yigʻlab qarshilab |
---|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ҳар баҳорда шу бўлар такрор... (Муҳаббат Шамаева ижросида) (inglizcha), qaraldi: 2024-03-23
- ↑ Malika Egamberdiyeva - Bahor | Малика Эгамбердиева - Бахор #UydaQoling (inglizcha), qaraldi: 2024-03-23
- ↑ М Левиев, O'rik gullaganda Солисты Ф Худойназарова, Н Муродова, Р Козиева (inglizcha), qaraldi: 2024-03-23