Oʻrmon Polvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻrmon Polvon
Oʻrmon Polvon Nabi oqosoqol oʻgʻli
buxorolik mashhur polvon va qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1876-yil
Shofirkon tumani Mahallayi Bolo qishlogʻi
Vafoti 1924-yil

Oʻrmon Polvon Nabi oqosoqol oʻgʻli — (1876—1924) — buxorolik mashhur polvon va qoʻrboshi. Oʻrmon Polvon qoʻrboshi Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi[1].

Qoʻrboshilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrmon Polvon 1876-yilda Shofirkon tumani Denov kentidagi Mahallayi Bolo qishlogʻida tavallud topgan. XX asr boshlarida Oʻrmon Polvon Shofirkon tumanidagi Denov kenti amlokdorlari (oqsoqoli) boʻlgan. 1920-yil Buxoroni qizil armiya egallaganidan soʻng, gʻijduvonlik Mulla Abdulqahhor rahbarligida qoʻrboshilik faoliyatini olib borgan. Buxorodagi 20 ta qoʻrboshidan Oʻrmon Polvon ajralib turgan. U faolyati davomida 1920—1924-yillarda oʻz yigitlari bilan birgalikda Shofirkon, Gʻijduvon, Vobkent, Konimex, Nurota va boshqa tumanlarda qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan. Oʻrmon polvon bilan Buxorodagi boshqa bir mashhur qoʻrboshi va polvon Hamro Polvon oʻrtasida doʻstona munosabatlar oʻrnatigan. Hamro Polvon ham Buxoroda qoʻrboshilik faoliyatini olib borib, sovet hukumatiga qarshi kurash olib borgan. Oʻrmon Polvon toʻrt yillik kurashlardan soʻng, 1924-yil 10-yanvarda oʻzining 17 nafar yigiti bilan Xoja Orifda qizil askarlarga taslim boʻlishgan. Oʻrmon Polvon dastlab Vobkentga qamoqqa tashlangan va soʻngra 1924-yilning oʻzida qizil askarlar tomonidan 48 yoshida otib tashlangan. Taniqli yozuvchi Sadriddin Ayniyning „Qullar“ romani, „Esdaliklar“ asari hamda Abdurazzoq Qoʻshshayevning „Oʻrmon Polvon“ (2005) hujjatli qissasida Oʻrmon Polvon faoliyati yoritilgan. Oʻrmon Polvon faoliyati davomida Turkiston milliy ozodligi uchun faol kurash olib boradi. U faoliyati davomida sovet rejimiga qarshi kurash olib bordi. 1924-yil 48 yoshida Oʻrmon Polvon otib tashlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari “Oʻzbekiston tarixi” jurnali. — 2022.
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400 bet.