Oʻrta Chirchiq tumani
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Toshkent viloyati |
Maʼmuriy markazi | Qorasuv shaharchasi |
Yirik shahari | Tuyaboʻgʻiz, Yangihayot |
Asos solingan sanasi | 1926 |
Ixtiyor Qosimov | Tuman hokimi |
Rasmiy tili | Oʻzbek |
Aholi (2004) | 163,4 ming kishi |
Zichligi | 320 (2004-yil) kishi./km² |
Millatlar tarkibi | oʻzbeklar, Rus, Koreys, Tojik, Qozoq, Qirgʻiz, Tatarlar |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
380 m m |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeksi | 111505 |
Internet domeni | .uz |
Avtomobil raqami kodi | 10 |
Rasmiy sayti | https://t.me/urta_chirchiq_hokimligi |
Xaritada | |
41°2′34.4″N 69°21′26.6″E / 41.042889°N 69.357389°E |
Oʻrta chirchiq tumani – Toshkent viloyatining maʼmuriy hududiga kiruvchi tuman. Oʻrta Chirchiq asosan Toshkent viloyatining markaziy qismida joylashgan. Hududining koʻp qismi Chirchiq daryosi bilan Toshkent kanali, hamda Ohangaron daryosining oraligʻida joylashgan. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Shimoliy sharqda Yuqori Chirchiq tumani, sharqda Ohangaron tumani, shimolida Toshkent shahri va Zangiota tumani, gʻarbda Quyi Chirchiq tumani, janubdada Oqqoʻrgʻon tumani va Piskent tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,51 ming km2 hisoblanadi. Aholisi 2021-yil holatiga 142.500 kishini tashkil qiladi[1]. Tumanda 1 shahar (Nurafshon), 2 shaharcha (Tuyaboʻgʻiz va Yangihayot), 13 qishloq fuqarolari yigʻini (Angor, Doʻstlik, Istiqlol, Navoiy, Oxunboboyev, Oqota, Uyshun, Paxtakor, Paxtaobod, Yunuchqala, Yangiturmush, Oʻrtasaroy, Qorasuv) bor[2]. Tuman markazi – Qorasuv shaharchasi[3].
Tuman hokimi-Ixtiyor Qosimov[4]
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman hududi Chirchiq daryosining chap sohilidagi tekislikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—4°C, eng past temperatura 19 °C, —20°C. Iyulniki 28—30°C, eng yuqori temperatura 41—42°C. Oʻrtacha yillik yogʻin 450-460 millimetrni tashkil qiladi. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududidan Polvonov nomidagi Toshkent, Qorasuv kanallari, shimoli-gʻarbidan Chirchiq daryosi, Janubiy tomondan Ohangaron daryosi oqib oʻtadi. Bir necha kollektorlari bor. Tuman janubida Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi“) joylashgan. Tuproqlari boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, qamish, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, yumronqoziq, suvilonlar uchraydi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisining asosiy qismini O'zbeklar tashkil etadi. Shuningdek, tumanda koʻpgina Qozoqlar, Tatarlar, Ruslar, Koreyslar, Tojiklar, Qirgʻizlar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 320,3 kishi (2004-yil holatiga). Shahar aholisi 38,7 ming kishi, qishloq aholisi 124,7 ming kishini tshkil qiladi. 2023-yil, 18-fevral holatiga koʻra tuman aholisi 132 285 kishini tashkil etgan[5].
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda yirik, oʻrta biznes, 125 kichik korxona va 1143 mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston – Koreya „Kabul – Toʻytepa LTD“ ip yigiruv – toʻquv (qarang "Kabul tekstaylz"), Oʻzbekiston – Germaniya „Xakipet“, „Xusayn Mirzo“, qoʻshma korxonalari ishlab turibdi. Oʻrta Chirchiq tumani birlashmalari, metallkonstruksiyalari, „Kuchlik neft bazasi“, temirbeton, asfaltbeton, 2 paxta tozalash zd, MTP, tikuvchilik fabrikasi, don qabul qilish korxonasi bor. 13 jamoa xoʻjaligi, oʻquv tajriba korxonasi faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan. Oʻrta Chirchiq tumanida jami sugʻoriladigan 28,6 ming ga yerga paxta, 11,5 ming ga yerga don ekinlari ekiladi. Tuman aholisi asosan kartoshka, makkajoʻxori, dabzi, loviya, mosh, bulgʻor qalampiri, sabzavot va poliz, ozuqa ekinlari, beda kabi mahsulotlar yetishtirishadi. Tumandagi jamoat va shaxsiy xoʻjaliklarda 32 ming qoramol, shuningdek, 321,7 ming qoʻy va echki, 205,2 ming parranda, 21,7 ming yilqi boqiladi (2005). Shuningdek, tumanning baʼzi joylarida tuyalar va tuyaqushlar mahsulotlarini olish uchun maxsus boqiladi.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta Chirchiq tumanida Respublika sholikorlik ilmiy tadqiqot instituti, 74 ta umumiy oʻrta taʼlim, bolalar sanʼat maktabi, sport maktablari, akademik litsey, 1 ta maxsus maktab – internat, gimnaziya, 2 kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi, markaziy madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, 8 klub muassasasi bor. 3 ta sport maydoni, sport zallari, otish tirlari, futbol, voleybol, basketbol, qoʻl toʻpi maydonchalari mavjud. 72 va 3-maktablar maʼlum fanlarga ixtisoslashtirilgan.[6]
Sogʻliqni saqlash tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta chirchiq tumanida 2017-yilgacha Tuman markaziy kasalxonasi, tuman tugʻruqxona majmuasi, tuman bolalar shifoxonasi, tuman bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi, tuman tez tibbiy yordam boʻlimi va bir qancha oilaviy poliklinikalar, bir nechta qishloq shifokorlik punktlari aholiga yuqori malakali tibbiy yordam berib kelgan. 2017-yilda tuman tarkibidan Nurafshon shahri alohida maʼmuriy hududga ega boʻlib chiqqanidan soʻng markaziy shifoxona, tugʻruqxona, bolalar shifoxonasi va yuqumli kasalliklar shifoxonalari Nurafshon tasarrufiga oʻtib ketdi. Soʻngra Oʻrta chirchiq tumani ucchun alohida tuman tibbiyot birlashmasi va tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi ochildi. Lekin aholi hozirgi vaqtda ham Nurafshon shahar shifoxonalaridan malakali tibbiy yordam olish huquqiga ega.
Transport yoʻllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta Chirchiq tumani avtomobil yoʻllari orqali Toshkent shahri va boshqalar shaharlar bilan bogʻlangan. Tumandan asosan Toshkent – vodiy yirik asosiy magistral aftomobil yoʻli, hamda, Toshkent – Piskent tumani yirik aftomobil magistral yoʻli, hamdan, Toshkent – Boʻka – Bekobod magistral yirik yoʻli oʻtgan. Tuman hududidan Toshkent – Angren temir yoʻl oʻtadi.
Matbuoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1932-yildan beri „Mashʼal“ tuman gazetasi chop etiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Urban and rural population by district“ (uz). Toshkent viloyati statistika boshqarmasi.
- ↑ „Toshkent viloyatining ma'muriy-hududiy bo'linishi“ [Administrative-territorial division of the Tashkent Region] (uz). Tashkent regional department of statistics.
- ↑ „Classification system of territorial units of the Republic of Uzbekistan“ (uz, ru). The State Committee of the Republic of Uzbekistan on statistics (2020-yil iyul).
- ↑ „O‘rta Chirchiq tumaniga yangi hokim tayinlandi“ (oʻzbekcha). Kun.uz. Kun.uz (2022-yil 9-aprel). Qaraldi: 14183.
- ↑ „TOSHKENT VILOYATI AHOLISI: QAERDA QANCHA?“ (o'zbek). toshvil.uz. Toshkent viloyati hokimligi (2023-yil 18-fevral). Qaraldi: 4-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Oʻrta Chirchiq tumanida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi“ (oʻzbekcha). https://yuz.uz/uz/ 1. Yangi O'zbekiston (16 noyabr 2020). Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.