Zang kasalligi
Zang kasalligi, oʻsimliklar zang kasalligi — oʻsimliklarda zamburugʻlar keltirib chiqaradigan kasallik. 3. k. bilan gʻalla ekinlari, beda, Zang kasalligi: 1 — bugʻdoy zang kasali; 2—malina zang kasali; 3—nok zang kasali lavlagi, zigʻir, noʻxat, kungaboqar, bodom, olma, nok kasallanadi. Kasallangan oʻsimlik bargi, poyasi va qisman mevasida zargʻaldoq, keyinchalik jigarrang spora doʻmboqchalari paydo boʻladi, oʻsimlik yaxshi rivojlanmaydi, baʼzan barglari quriydi, gʻalla ekinlari boshoklamaydi. Zang zamburugʻlarining bahor, yoz va qishki sporalari rivojlanish siklini ikki xil oʻsimlikda oʻtkazadi. Masalan, bugʻdoy, suli, javdarda uchraydigan chiziqsimon zang (qoʻzgʻatuvchisi Puccinia graminis) zamburugʻlari don ekinlari poxolida qishlab, bahorda zirkka oʻtadi, soʻng yana don ekinlarini zararlaydi. Olma va nokdagi zang zamburugʻlari archada qishlab bahorda uning sporalari yana mevali daraxtlarga oʻtadi. Kurash choralari: almashlab ekish joriy qilinadi, kasallikka chidamli navlar ekiladi, dala atrofida zirk, archa oʻstirilmaydi, kasallikning boshlanish davrida ekinlar oltinguturt bilan changlanadi (yana q. Zamburugʻli kasalliklar).[1] Shaxnoza adashma Olmada zang boʻlmaydi..
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |