Kontent qismiga oʻtish

Oʻtoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtoq — ekinlar va koʻchatlar orasidagi begona oʻtlarni yoʻqotish. Mexanik, kimyoviy vositalar va qoʻl bilan amalga oshiriladi. Mexanik Oʻ.da chopiq qilinadigan ekinlar, bogʻ, tok va boshqalarning qator oralaridagi begona oʻtlar kultivator (qarang Kultivatsiya) yoki borona bilan (qarang Boronalash), kimyoviy usulda gerbitsidlar bilan yoʻqotiladi. Yoppasiga ekilgan (bugʻdoy, zigʻir va boshqalar), shuningdek, kichik maydondagi ekinlar koʻproq qoʻlda oʻtaladi. Oʻ. begona oʻtlarning rivojlanish fazasi boshlarida oʻtkaziladi. Oʻ. kechikib oʻtkazilgan hollarda oʻt bosish hisobiga hosildorlik pasayib ketadi. Oʻ. paytida begona tur va nav oʻsimliklari ham yulib tashlanadi. Hosil mashinalarda yigʻibterib olinishidan oldin paxta dalalarini defoliatsiya oldidan begona oʻtlardan tozalash uchun Oʻ. qoʻlda oʻtkaziladi.